New Yorker: Obama va Putin til topishishdi

535
0

Oxirgi ikki yil davomida qarama-qarshilik holatida bo’lib kelgan ikki davlat prezidentlari Barak Obama va Vladimir Putin Suriya masalasida til topishishdi, deb yozadi The New Yorker nashri.

Obama ayni paytda jahon tartibi Suriyada sinovdan o’tayotganligini ta’kidladi. Obama ixtilof taraflari bo’lgan Asad va IShID birday insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi. Uning pozitsiyasi aniq: IShIDni yo’q qilish va Asadni hokimiyatdan ketkazish.

Ammo Putin boshqacha fikrda. BMTdagi chiqishida u AQShning boshqa davlatlarda inqiloblar uyushtirishidan nolidi. U buni SSSRning taktikasi bilan qiyosladi.

Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda Putin Rossiyani Yaqin Sharqdagi eng kuchli o’yinchilardan biriga aylantirish borasida harakat qilmoqda, Obama ham unga to’sqinlik qilmayapti. Aytilishicha, agar Rossiya va Eron Asadning ketishini ta’minlasa, Obama bu davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo’ladi.

manba: “kun.uz”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.