Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati “Demokratiya yolg’on, haqiqiy echim Islom” nomli yangi kompaniya boshladi. Musulmonlar uchun o’ta tahlikali bo’lgan demokratiyaga qarshi boshlangan mazkur kompaniyada demokratiyaning haqiqiy basharasi ochib tashlanishi ko’zda tutilgani aytilmoqda.
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor video tasvir orqali mazkur kompaniya boshlanganligini e’lon qildi. Janob Qor o’zining video murojaatida hech tengi bo’lmagan Islom tuzumi musulmonlarning qo’lidan tortib olinib, uning o’rniga soxta tuzum tiqishtirilayotganiga e’tiborni jalb qilar ekan, jirkanch demokratiya oltin tavoqlarga solinib musulmonlarga taqdim qilinayotganidan ogohlantiradi.
“Demokratiyaning yolg’on ekanligi ko’rinib turgan haqiqatdir. Buni faqat biz aytayotganimiz yo’q. Demokratiyaning haqiqatdan yiroq ekanligini, uning hech qachon mavjud bo’lmaganligini va bundan keyin ham bo’lmasligini g’arb mutafakkirlarining shaxsan o’zlari aytishmoqda. Bu tuzum egalarining o’zlari uning yolg’on ekanligini aytib turgan bir paytda musulmon ziyolilar va mutafakkirlar hamda hukumat vakillari hayron qolarli darajada bizlarni demokratiyaga chaqirmoqda…”, “Demokratiyaning kuchayishi musulmonlarning kuchayishini bildirmaydi. Aksincha, demokratiya musulmonlarni zayiflashtirmoqda va ularni Islomdan uzoqlashtirmoqda”, “Biz bu xato yo’lni musulmon xalqimizga ko’rsatishni xohlaymiz. Shuning uchun “Demokratiya yolg’on, haqiqiy echim Islom”, nomli kompaniyani boshladik. Bundan maqsad demokratiyaning soxtaligini fosh qilib, musulmonlarni undan muhofaza qilishdir. Kompaniyamiz 1-oktyabrdan 1-noyabrgacha davom etadi. Kompaniyamizni kuzatib borish va o’z hissangizni qo’shish istagida bo’lsangiz Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ishtirok etishingiz mumkin”, deyiladi jumladan video murojaatda.
https://www.facebook.com/Demokrasi-Yalan-Çözüm-İslam-768536753258558/timeline/