Misr hukumati Isroil talabi bilan G’azo-Misr o’rtasidagi tunnellarni buzib tashlashda davom etmoqda. G’azo ahli kundalik asosiy ehtiyojlari uchun yo’l sifatida foydalanib kelgan tunnellar shu kungacha buldozerlar bilan ko’mib kelingan bo’lsa, endilikda Misr hukumati ularni yo’q qilish uchun boshqa yo’l o’ylab topdi.
Bir oy muqaddam davlat byudjetidan bir qancha mablag’ sarflab, dengizdan 60sm balandlikda quvur tortila boshlangan edi. Mazkur quvurlar orqali G’azo-Misr o’rtasidagi o’tish yo’li hisoblangan tunnellar dengizning sho’r suvlari bilan to’ldirildi.
Mutaxassislarning fikricha bu uslub o’ta xatarli bo’lib, tunnellarning cho’kishiga sabab bo’lishi va buning oqibatida boshqa narsalarga ham katta zarar etishi mumkin. Guvohlarning bildirishicha ba’zi tunnellar qisman cho’kishni boshlagan. Bundan tashqari dengiz sho’r suvining er osti ichimlik suvi zaxiralariga aralashib ketishi xavfi ham mavjud. Bu esa, shundoq ham ichimlik suvga zor bo’lib turgan musulmon aholining yashash sharoitini yana ham og’irlashtirishi tabiiy.
Isroil bilan til biriktirib musulmonlarga tinimsiz zarba berib kelayotgan Misr hukumati Falastin xalqining asosiy ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan tunnellarni sho’r suv bilan to’ldirib, insonlar hayotini yanada qiyinlashtirayotgan bir paytda Falastin rahbari Mahmud Abbos “Bu fikr birinchi bo’lib mendan chiqqan edi”, deya maqtanib chiqdi.
G’azo ahli bu tunnellardan oziq-ovqat, dori darmon va jonli hayvonlar kabi asosiy ehtiyoj mollarini olib o’tishda foydalanib kelishardi.