Bugun 14 sentyabr kuni Qozoqiston prezidenti Nursulton Nazarboev rasmiy safar bilan Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga keldi. Nazarboev boshqa KHShT ga a’zo davlat rahbarlari qatori, 14-15 sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan tashkilotning navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Shu kunning o’zida u Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muloqotda bo’ldi. So’ngra jurnalistlarning savollariga javob berdi. Jumladan u bunday dedi:-“ Oxirgi paytdagi Tojikistondani salbiy vaz’iyat asosan “uchinchi- to’rtinchi” kuchlar vositasida sodir etilgan. Shubhasiz tinchlik dushmanlari shu yo’l bilan Tojikiston hududiga kirib , Afg’oniston tomonga yo’l ochmoqchi. Tojikistondagi qonli to’qnashuvlar mening ham tinchimni buzdi, zero Qazoqiston ham Tojikiston singari Afg’oniston hududiga qo’shni joylashgan. Shuning uchun agar mabodo tojik diyoriga nopok niyatdagi kuchlar kirgudek bo’lsa, u bizning ham tinchligimizga rahna solishligi aniqdir. Avvalari men ko’p marotiba aytib o’tganman, hozir ham men shuni takror ta’kidlayman. Biz har qanday holatda ham sergak bo’lishimiz lozim. Qazoq hukumati Tojikiston davlati bilan chegarani muhofaza qilishlikda hamkorlikni mustahkamlasa, maqsadga muvofiq bo’lardi. Agar bir maqsad va bir g’oya asosida birlashsak, bizlarga xech qanday xorijiy kuchlar zarar etkaza olmaydi”.
KHShT majlisining kun tartibiga muvofiq ikki davlat o’rtasidagi bir qator yangi hamkorlikka oid shartnomalar ham imzolanadi.