Ey Hasina! Islomga da’vat qiluvchi muslimalarni sharmandalarcha qamoqqa olishing da’vatni yanada kuchaytiradi

488
0

Ey Hasina! Islomga da’vat qiluvchi muslimalarni sharmandalarcha qamoqqa olishing da’vatni yanada kuchaytiradi

4563Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi ayollar qanoti Bangladeshda Hizbga a’zo ikki muslimaning qamoqqa olinganini qattiq qoralaymiz. Bu ikki ayol joriy yil 30 avgust yakshanba kuni tog’ut Hasinaning maxsus xizmati tovlamachilari tomonidan yuzsizlarcha va nomardlarcha qamoqqa olingan edi. Bu ikki muhtarama taqvodor ayolning birdan bir «jinoyati» diktator zulmiga qo’rqmay qarshi turgani hamda Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati soyasida musulmonlar Bangladeshda erishadigan adolatga, mukarram va farovon turmushga da’vat qilganlari bo’ldi. Ammo yurtni yolg’onchilik, poraxo’rlik, istibdod asosida boshqarayotganlar haq so’zni aytishni, haq va adolatga da’vat qilishni davlatga xavf tug’diradigan jinoyat deb hisoblamoqda! Aslida, rejimning o’zi fuqaroni aldamoqda, uning mulozimlari «ayollarimizga imkoniyat yaratish zarur», deya quruq-soxta shiorlarni ko’tarib chiqishmoqda. Ikkinchi tomondan, repressiyaga qarshi haqiqiy siyosat bilan shug’ullanayotgan va odamlarning ishini g’amxo’rlik bilan boshqaruvchi Islomga da’vat qilayotgan ayollarni qamoqqa olishmoqda. Hasina rejimi fikran abgor rejim bo’lib, Bangladeshda vayron bo’layotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni hal qila olmaydi. O’zi shunday bo’la turib, jamiyatdagi baxtsizlik uchun ishonchli va tajribada sinalgan alternativ Xalifalikka da’vat qilayotganlarni ovozini o’chirishga harakat qilmoqda. U mutlaqo layoqatsiz rejim bo’lib, buzuq ilmoniy tuzumni tatbiq qilyapti. Vaholanki, bugun shu ilmoniy tuzum ostida na erkak, na ayol va na bola tinch yashayapti, u son-sanoqsiz qotillar va bosqinchilarni qonun bilan jazolashga ojizlik qilyapti. Ammo uning qamoqxonalari faqat Alloh Subhanahuga itoat qilgani uchungina jinoyatchi sifatida qamalgan mahbuslar bilan to’lib toshgan.

Ey Hasina!

Agar sen – Islomga da’vat qilayotgan aybsiz muslimalarni qamoqda saqlagan hukmdor repressiv ilmoniy boshqaruvda uzoq turadi, deya ishonayotgan bo’lsang, xato qilasan! Allohning izni ila, sening qulashing yaqin va muqarrardir. Chunki taxtga chirmashib olish uchun ularni qamash bilan o’z zaifligingni va rejiming tabiati mustabid ekanini fosh qilasan, xolos. Insha Alloh, bu o’zingni ag’darilishingni tezlatadi. Bundan tashqari, g’arblik kofir xo’jayinlaringni roziligi yo’lida Islomga va rostgo’y musulmonlarga qarshi kurashdan iborat kampaniyang hech qanday foyda bermaydi. Yaqinda qayta barpo etilajak Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bu kampaniyangni yanchib tashlashini Allohning izni ila, o’z ko’zlaring bilan ko’rasan. Aslida, faqat ahmoq odamgina Allohga qarshi urush qilib, g’olib kelaman, deb o’ylaydi.

Ey Hasina!

Ehtimol sen – shu ikki muslimani qamoqqa olish bilan Hizb ut-Tahrirning qolgan da’vatchi ayollari qalbiga qo’rquv solaman, so’ng ular ulug’vor g’oyalarini amalga oshirish yo’lida kurashni tark etishadi, degan xayolga borayotgandirsan?! Yo’q, aksincha, bu qilmishing bilan biz sendek mustabid hukmdorlar mag’lubiyatini ko’rishga va ishlarimizni Islom bilan boshqaruvchi davlatning qayta tug’ilishini guvohi bo’lishga yanada ko’proq qaror qilamiz. Da’vatni etkazuvchi ayollar qo’liga kishan solishing mumkin, ammo haq ovozini o’chirish qo’lingdan kelmaydi. Chunki ularning ovozini o’chirish sari qo’llayotgan taktikalar qanday bo’lishidan qat’iy nazar, haq ovozi oliy bo’lishda, haqqa chaqiruvchi muslimalar soni o’n barobar o’sishda albatta davom etaveradi. Biz tug’yoningga qarshi bor kuchimiz bilan kurashamiz va Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish sari ovozlarimizni baland-balandlarga ko’taramiz. Chunki ushbu davlat Islom Ummatiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun sendan ham, boshqa tog’utlardan ham albatta qasos olajak. Shu bois biz sendan dugonalarimizni va qamoqxonalaringda yotgan barcha aybsiz musulmonlarni darhol ozod etishingni talab qilamiz. Sen kabi tog’utlar ahvoli bu dunyoda sharmandalikka duch kelish va oxiratdagi alamli azobga loyiq bo’lish bilan tamomlanganidan ibrat ol.

سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا ‏يَمْكُرُونَ

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o’tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob etajak» [An’om 124]

Biz bu ikki ayolga sabru sabot berishini Allohdan so’raymiz. Alloh ularga va dunyoning barcha erlaridagi qamoqxonalarda yotgan boshqa shijoatli da’vatchi muslimalarga ham O’zi himoyachi bo’lsin, tortgan azoblaridan forig’ etib, ularga zulm qilganlardan qasos olsin, tez kunlarda ozodlikka chiqarsin, omin. Biz rostgo’y mo’minlarni bostirish bilan shug’ullanayotgan barcha kimsalarga – ehtiyot bo’ling, qudratingiz kuni yakunlanish arafasida, deymiz!!!

إِنَّ الَّذِينَ يُحَادُّونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَئِكَ فِي الأَذَلِّينَ * كَتَبَ اللَّهُ لَأَغْلِبَنَّ أَنَا وَرُسُلِي إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ‏

«Albatta Alloh va Rosuli chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar — ana o’shalar eng xor kimsalar qatoridadirlar! Alloh (Lavhul-Mahfuzga): «Shak-shubhasiz Men O’z payg’ambarlarim bilan birga g’olib bo’lurman», deb yozib qo’ygan, Albatta Alloh kuchli, qudratlidir» [Mujodala 20-21]

  1. Nasrin Navoz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.