RIA “Novosti” axborot agentligining xabar qilishicha, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo’yicha ittifoqdosh davlatlarda yangi aviabazalar qurishga tayyorligini ma’lum qilgan.
“Ma’lumki, bunday kelishuvlar va bu kabi joylashtirishlar xususida gapiradigan bo’lsak, bizda bunday bazalar Qirg’iziston, Armanistonda mavjud va bunda hech qanday hayratlanadigan narsa yo’q. Biz buni biz bilan ittifoqdoshchilik rishtalariga ega davlatlarda Belarus kabi – xoh KXShT, xoh KXShT plyus Ittifoq keshiluvi bo’lsin, amalga oshirishga tayyormiz”, – dedi Medvedev.
Turkiston:
Rossiya ichki siyosatida boshdan kechirayotgan siyosiy va iqtisodiy bo’hron, Putin va uning guruhini chetga qoqib yuborishi mumkin.
Shuning uchun Putin, Rossiyani, o’zi uchun xavfli bo’lgan bu holatdan chalg’itish maqsadida, yuqoridagi kabi tashqi qalbaki xavf xatarlarni o’ylab topishga harakat qiladi. Bu xavf, Suriya singari uzoqdagi manfaati bo’lsa, bu amaliyotlar Rossiyani soxta xalqaro obruyini hali ham bordek qilib ko’rsatishga qaratilgan bo’ladi. Ikkinchi tomoni esa, Rossiya uchun bevosita xavf tug’dirib turgan Ukraina va Qrim masalasi. Har qaysi holatda ham, Rossiyaning hatti harakati, urush holatini paydo qilish tomon yo’naltirilayapti. Chunki Putinning rejimini Rossiyaning hozirgi vaziyatida faqat urush holati saqlab qolishi mumkin. Shunda Putinning Rossiyani parchalab yuborgan barcha xatolari urush tufayli unutiladi yoki o’sha urush oqibatlariga to’nkab yuboriladi.
Shuningdek Rossiyaning yuqoridagi harakatlari AQShni rozi qilib, Rossiyani Putinning rejimi ostida, o’z safiga, ya’ni xizmatiga qabul qilishini so’rab iltimos qilayotganiga ham dalolat qiladi. (KXShT) ni qo’shib olgani esa, bu tashkilotga a’zo davlatlar ichida o’zini vazni bordek qilib ko’rsatishga urinishdan boshqa narsa emas. Ya’ni Rossiya ham Suriya muammosini hal qilishda o’ziga tobe’ davlatlari bilan, AQShsingari kichikroq bo’sa ham koalitsiya paydo qilishga chaqiriq qilmoqchi. Yoki AQShni (KXShT)ga a’zo davlatlarini koalitsiyaga a’zolikka chaqirib kirib kelishlarida qandaydir muammolar paydo qilmoqchi. Qisqasi, AQSh bu yurtlarni biror bir tashkilot yoki koalitsiyaga tortishida, Rossiya bilan maslahatlashishi lozim bo’lgan sharoit paydo qilmoqchi. Bu tahlilni, AQSh davlat kotibi Jon Kerrini 5 sentyabrdagi Rossiya TIM Lavrovni telefon orqali, Suriyadagi Rossiyaning hatti harakatlaridan ogohlantirish maqsadida gaplashgan aloqasi quvvatlay oladi.
Rossiya, AQSh va boshqa xalqaro quvvat egalarini o’ziga jalb qilish uchun, o’zidagi zaif bo’lsa ham imkoniyatlarini ishga solishga harakat qilyapti. Rossiyaning oldida ikki yo’l qoldi. Biri Putin va uning milliarderlardan tashkil topgan aligarxlar komandasi uchun bir qator urushlarni boshidan kechirib bo’lsa ham G’arb sistemasiga qarshi borish. Ikkinchisi, Rossiyani Putinni rejimidan tozalab, SSSRdan qolgan qalbaki xalqaro ambitsiyalaridan voz kechib, Rossiyaning xalqaro siyosatdagi rial o’rnini egallashiga rozi bo’lish.
KXShT tashkilotiga a’zo bo’lgan mamlakatlar oldida ham, Rossiyaning oldida turgandek holat turipti. Ular ham Putin va uning gamashtalari uchun ular bilan bir safda turib, butun dunyo oldida yakkalanib, kerak bo’lsa ular bilan urush holatida bo’lib va har xil sanktsiyalar bilan o’z xalqlarini Rossiya xalqi singari iqtisodiy muammolarga giriftor qilish arafasida turishipti. Lekin ularning har birida, o’z ixtiyorlari hali mutloq qo’llaridan boy berilgani yo’q.
Biz Qirg’izistonni va boshqa KXShT singari kufr tashkilotlariga a’zo bo’lib qolgan mamlakatlarni, AQSh yoki Rossiya kabi o’z manfaatlari yo’lida hech narsadan toymaydigan kufr mamlakatlari manfaatlari uchun, o’z xalqlaringizni qurbon qilib yuborishdan qaytaramiz. Ularning har biri, o’z yurtidagi urush yoki boshqa ofatlarni oldini olish maqsadida bizlarni yurtlarimizni va xalqlarimizni qurbon qilib yuborishmoqchi. Dunyoning har bir mintaqasiga qarasangiz, u erlarda borayotgan urushlar va boshqa buzuqchiliklarning deyarli barchasi o’sha kufr kattalarining manfaati uchun borayotganiga guvoh bo’lasiz. Suriya muammosiga sizlarni aralashtirib olishlari ortidan, sizlarning yurtlaringizda Musulmonlar nafrati jo’shqiy boshlaydi. Bu esa, o’sha iflos niyatli tashqi kuchlar uchun har bir mintaqada musulmonlar aro urushlar paydo qilishlariga sharoitlar paydo qiladi.