“CA-NEWS”ning xabar qilishicha, AQSh hukumati Eron, Suriya va Shimoliy Koreyaga yadroviy qurollarni tarqatmaslik to’g’risidagi qonunni buzganligi uchun Rossiyaning bir qator mudofaa kompaniyalariga nisbatan santsiyalar e’lon qildi. Hujjat hozircha rasmiy chop etilmagan bo’lib, uning chorshanba kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
AQSh hukumati “qora ro’yxati”ga “Rosoboroneksport”, “MiG” samolyotsozlik korporatsiyasi, Tuladagi “Asbobsozlik konstruktorlik byurosi”, “Katod” kompaniyasi va “NPO mashinostroeniya” korporatsiyasilari tushgan bo’lib, sanktsiyalar bu kompaniyalarning barcha bo’lim va filiallariga nisbatan ham joriy etiladi.
AQSh hukumatining hisoblashicha, qora ro’yxatga tushgan kompaniyalar raketa texnologiyalari va ommaviy qirg’in qurollarini ishlab chiqarishga o’z hissalarini qo’shgan. Hujjatda qayd qilinishicha, AQShdagi hukumatga qarashli muassasalarning birortasi ham sanab o’tilgan kompaniyalar bilan har qanday tovar va texnologiya etkazib berish, xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzishlari mumkin emas.
Yangi sanktsiyalar Xitoy, Eron, Sudan, Suriya, Turkiya va Birlashgan Arab amirliklaridagi ayrim kompaniyalarga nisbatan ham joriy etilgan.