2015 yil 10 avgustda «Rosbalt» internet sayti «GTA jinoyatchilar guruhi: kaltakdan to to’pponcha va gurzigacha» nomli maqola chop etdi. Maqolada o’tgan yili shovshuvlarga sabab bo’lgan tergovlarning navbatdagi versiyalari haqida gap ketgan. Afsuski, huquq tartibot organlari manbalaridan biri da’vo qilganidek, bu saytning hodisaga Hizb ut-Tahrir a’zosini bog’lashi birinchi marta bo’layotgani yo’q.
Shubhasiz, «Rosbalt» saytining Hizb ut-Tahrirga qora choplashga bunchalik oyoq tirab turishi ortida xavfsizlik xizmati turibdi. Chunki o’quvchiga Hizb ut-Tahrir faoliyatining asl haqiqati soxtalashtirib etkazilishidan xavfsizlik xizmati manfaatdor. Yana odatdagidek xayoliy bir kimsani Hizb ut-Tahrir a’zosi qilib namoyish qilishyapti. Uning ismi ham, oilasining ismi ham noma’lum va bundan keyin ham noma’lumligicha qolishi ehtimoldan xoli emas. Chunki u asli yo’q shaxs bo’lishi, xavfsizlik xizmati va axborot vositalari Hizb a’zolarini badnom qilib, jinoyatchilar sifatida ko’rsatish maqsadida bu nomni o’ylab topishgan bo’lishlari ham ehtimol.
Nima deyishmasin, Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb sifatida tanilgan. «Rosbalt» sayti esa Hizb ut-Tahrirdan bo’lmagan bir insonni jinoyatkorlik e’tiqodi bilan ayblashdan o’zga chora topolmagan. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir kattasi bilan Islomiy Davlat tashkiloti o’rtasini bog’lashni ham unutmagan.
Jinoyatni uyushtiruvchi Rustam Usmonov esa qamoqqa olish amaliyoti chog’ida o’ldirilgan emish. Demak, endi u to’g’risida g’irt yolg’on stsenariylar to’qib chiqarishlari juda oson bo’ladi.
Biz matbuotni, xususan, «Rosbalt» axborot saytini jurnalistikaning asosiy printsiplari va etikasiga rioya qilishga bir necha bor chaqirganmiz. Shunga qaramay, bu sayt hamon xavfsizlik xizmati uydirmalarini tarqatishni qo’ymayapti. Ya’ni Hizb ut-Tahrirga qora chaplash uchun qulay fursat topildi deguncha undan albatta foydalanishga urinyapti. Bu esa odamlarga uning Hizb ut-Tahrirdan qanchalar darajada nafratlanishini fosh etmoqda.
Inkor etib bo’lmaydigan fakt shuki, bugun Rossiya axborot vositalari jamoatchilikka haqiqat va to’g’ri ma’lumotni etkazishdek o’zining tabiiy vazifasini ado eta olmay, davlat tashviqotini tarqatuvchi jarchilarga aylanib qoldilar.
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com