Sariev: 12 avgustdan boshlab Qirg’iziston YeOIIning to’laqonli a’zosiga aylanadi

452
0

Bosh vazir Temir Sarievning ma’lum qilishicha, 12 avgustdan boshlab Qirg’iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining to’laqonli a’zosiga aylanib, qirg’iz-qozoq chegarasi ochiladi.

Uning so’zlariga ko’ra, aynan shu kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Qirg’izistonni YeOII a’zolaridan biri sifatida rasman ro’yxatdan o’tkazadi. Shuningdek, 12 avgust kuni ikki davlat prezidentlari Almazbek Atambaev va Nursulton Nazarboev ishtirokida Qirg’iziston va Qozog’iston davlat chegaralarini ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Bosh vazir Temir Sariev bu xodisani 2011 yildan beri davom etib kelayotgan integratsiya jarayonini ma’nili yakuni ekanligini belgilab, mamlakat iqtisodi uchun yangi imkoniyatlar ochilishini bildirib o’tdi.

“Shu kundan boshlab Qirg’iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan “to’rt erkinlik”, boshqacha aytganda, ishchi kuchi, kapital, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanish imkoniyati paydo bo’ladi. Fuqarolar, tadbirkorlar va mamlakat tashqarisida ishlab yurgan migrantlarga bir qator engilliklar bo’ladi”, – dedi Sariev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.