AQSh Qirg’izistonga yangi elchi tayinladi

529
0

O’tgan haftada, aniqrog’i 6 avgust kuni Vashington rasmiy Bishkekka nisbatan navbatdagi mensimaslik qadamni tashladi. AQSh senati Qirg’izistondagi elchilik lavozimiga Sheyla Guoltnini tasdiqladi. Bundan oldin Qirg’iziston hukumati Guoltniga agrement (biror mamlakatga elchi sifatida tavsiya etilgan kishining kelishiga shu mamlakat hukumatining roziligi) berishda rad javobi berilgan edi.

Bu rad javobi 2015 yilning fevralida berilgan edi. Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi Guoltnini akkreditatsiya qilishni rad qilganini, o’sha paytda Qirg’izistonning Qo’shma shtatlardagi elchisi qilib sobiq Bosh prokuror Aida Salyanovani tayinlash reja qilingani va unga agrement berishni AQSh Davlat departamenti rad qilganiga javob qadami ekanligi bilan izohlagan edi.

Keyinroq bu voqea g’aroyib tarzda “bosti-bosti” qilib yuborildi. Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi Guoltnini akkreditatsiya qilish borasidagi noroziligini noma’lum sabablarga ko’ra kun tartibidan olgandek bo’ldi.

An’anaviy amaliyotga ko’ra, qabul qilayotgan taraf agrement berishda rad javobi sababini izohlamaydi. Qirg’izistonga vaqtincha ishonchli vakil qilib Richard Maylz tayinlandi, o’z navbatida Richard Maylz bir qator mitinglar uyushtirgan nodavlat tashkilotlarning qo’lbola faollarini shaxsan o’zi boshqarishga kirishib ketdi.

AQSh Guoltnining rad javobi olganiga umuman e’tibor bermaganini ko’rsatgan holda, Qirg’izistondagi diplomatik missiya rahbari qilib istalmagan shaxsni (persona non-grat) tayinlash uchun bosim o’tkazishga harakat qilmoqda. Ekspertlar diplomatik amaliyotda bunday holat bo’lmaganligini aytmoqdalar, lekin mantiqiy mulohaza qilib, bunday muomalani davlatga nisbatan o’ta xurmatsizlik va mensimaslik deya baholadilar.

Bunga Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi qanday munosabat bildirishi hozircha noma’lum. Diplomatlar akkreditatsiya qilish uchun AQSh dan “yangi” elchining rasmiy hujjatlarini hali olishganicha yo’q. Eslatib o’tamiz, Sheyla Guoltni 1999 yildan 2001 yilgacha Qirg’izistondagi AQSh elchixonasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.