Xitoy tashqi ishlar vazirining yordamchisi Chen Gopin “Radikal Islomiy terror” masalasida AQShning terrorga (Islomga) qarshi kurash koordinatori Tina Keydenau bilan uchrashdi. Bu haqida Gong Kongda chiqadigan “South China Morning” gazetasi xabar tarqatdi. Xabarga ko’ra, Chen Gopin “Sharqiy Turkiston Islomiy harakati” uyg’urlarni Suriya va Iroqqa jalb qilib, ularni jihod g’oyasi bilan sug’orayotganligi ustidan AQShlik mas’ulga arz qilgan.
“Radikal Islomiy terror” tahdidi kundan kunga murakkablashib, jiddiy tus olganligini bildirgan Xitoy mas’uli bu narsa butun dunyo uchun katta xatar ekanligini ta’kidladi.
“Biz uchrashuv chog’ida Sharqiy Turkiston Islomiy harakati kabi terrorchi guruhlar Xitoy, AQSh va xalqaro hamjamiyatga jiddiy tahdid tug’dirishiga urg’u berdik. Ularga qarshi kurash olib borish uchun to’liq yordam berishlarini AQShdan talab qildik”, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirining yordamchisi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi tarafidan tarqatilgan bayonotda AQSh va Xitoy “terror”ga va “ekstrimizm”ga qarshi kurashda kelishib olishgani qayd etildi. Kelishuvga ko’ra, terrorga (Islomga) qarshi kurash borasida ikki davlat o’rtasida razvedka aloqalari kuchaytiriladi.
O’tgan hafta ikki kunlik rasmiy safar bilan Xitoyga borgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on hamkasbi Si TSzinpin bilan uchrashgan paytda “Sharqiy Turkiston” Islomiy harakatini terrorchi harakat sifatida qabul qilishini bildirgan edi.
Xitoyning shimoliy g’arbida joylashgan Shinjon mintaqasi oxirgi uch yildi hukumat kuchlari tarafidan juda ko’p bosqinlarga uchradi, son sanoqsiz musulmonlar qatl qilindi. Hukumat kuchlari qilgan barcha jinoyatlarini “terrorga qarshi kurash” bahonasida amalga oshirib kelmoqda. Xitoy hukumati o’zining qirg’inlariga “Sharqiy Turkiston” Islomiy harakatini javobgar deb biladi. Ammo xalqaro inson huquqlari tashkilotlari mazkur harakatning terrorchi harakat ekanligiga, hatto uning hayotda mavjudligiga shubha uyg’otuvchi dalillarni olg’a suradi.