FIKRNING HAYoTDAGI O’RNI (3)

583
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

FIKRNING HAYoTDAGI O’RNI (3)

Fikrni hayotdagi o’z o’rniga qo’yish uchun avval hayotimizda bo’layotgan har bir ishni olib, o’sha haqida fikrlab ko’rishimiz kerak. Masalan: “Hizb ut-Tahrir” siyosiy islomiy partiyasini olib ko’raylik. U haqida “Hizb ut-Tahrir – ekstremistik jamoa” yoki “Hizb ut-Tahrir – terroristik jamoa” degan fikrlarni olaylik. “Hizb ut-Tahrir”ni voqeligini va u haqidagi barcha ma’tumotlarni esga olib, yuqoridagi fikrlarni tekshirib chiqsak bu fikrlar “Hizb ut-Tahrir”ga to’g’ri kelmasligini, ya’ni u fikrlar yolg’on ekanligi ayon bo’ladi. Chunki 60 yildan ko’proq davrda biror marta ham terror ishlarini amalga oshirmagan yoki yaqin kelajakda “arab bahori”da hech bir ekstremstik harakat qilmagan, hatto Qirg’izistonda ham ikki marta davlat hokimiyatsiz qolgan qulay vaziyatlarda ham ekstremstik harakatlarga bormaganligi Hizb ut-Tahrirga nisbatan aytilayotgan “Hizb ut-Tahrir – ekstremistik jamoa” yoki “hizbut tahrir – terroristik jamoa” degan fikrlar unga nisbatan to’hmat ekanligi ma’lum bo’ladi. Shunda fikrlash boshlangan bo’ladi. Imom-domlalar “Hizb ut-Tahrir – adashgan jamoa, chunki ular azobi qabrni inkor qiladi” deb gapirishlari esa, ular ham kofirga malaylikni o’zlariga to’g’ri keladigan tomonidan yondashayotganlari ma’lum bo’ladi. Chunki hizb qabr azobini inkor qilmaydi, balki yuzda-yuz aniq bo’lmagan xabarni e’tiqod bobiga olish, ya’ni asos qilish mumkin emas degan fikrda. Imomlarning quyoshi – “شمس الأئمة” – deb tanilgan Saraxsiy -rahimahulloh- umuman shunday mavzu’larda hatto mujtahidlarga ham eslatma berib shunday degan: «albatta, bid’atlarning asli ohod habarlarni Kitob va mashhur sunnat asosida tekshirishlikni tark qilishlikdan zohir bo’ladi. Albatta, ba’zi odamlar u(ohod habar)larni shubhali(ya’ni hech qanday gumonsiz darajaga ko’tarilmagan) bo’lsa ham ularni asos qilib olishadi-da, keyin uni asosida Kitobni va mashhur sunnatlarni ta’vil qilishadi, bu ikkisini unga tobe’ qilishib qo’yishadi va (yuzda-yuz) aniq bo’lmagan narsani asos qilishib olib, bid’atlarni keltirib chiqarishadi. Shundan ma’lumki, to’g’risi: “qabr” haqidagi ohod hadislarni Kitob va qat’iy sunnat asosida tekshirib chiqishimiz kerak. Shunday qaraydigan bo’lsak, tushunchalarni qarshi tomondagi tushunchalarga moslashtirish uchun va qabul bo’lishi uchun ta’vil qilishga to’g’ri keladi, (ya’ni yuzda-yuz olishga imkon yo’q, balki ta’vil qilishga majbur bo’linadi). Bu bizni mana shu mavzu’da kelgan xabarlarni ma’naviy mutavotir darajasidan qat’iy bo’lmagan tasdiqlash darajasiga tushirib qo’yadi»

Yana bir misol: Temir Sariev “Qirg’izlar hech qachon hijob va salla kiymaganlar, Islom niqobi ostida qirg’izlarga begona urf-odatlarni tiqishtirishga harakat qilmoqdalar”, “Biz, Islom niqobi ostida begona odatlarni tiqishtirishlariga qarshi kurashishimiz kerak. Biz Islomni o’zimizning dinimiz deya qabul qildik. Biroq biz paranji, salla va shalvarni majburlab kiydirilishini to’xtatishimiz zarur. Qirg’iziston xijob va salla kiyganlarga ochiq qarshi chiqishi kerak”, – degan gapini olib, fikrlab ko’raylik. Biz hayotimiz qanday bo’lishini tarixdan olamizmi? Unda “7- noyabrni” nega bayram qilmay qo’ydik?! Ayniqsa hamma birdek nishonlaydigan “1- may”nichi?! Axir u kunni “mehnatkashlar kuni” sifatida nishonlanar ediku?! Ayollarimizni sharmandali yurishlari yoki erkaklarni erga tegishi qaysi tariximizdan olinyapti?! Yo’q, bu o’z xalqiga xiyonat, o’z xalqini aldashdan boshqa narsa emas. Ro’mol va uzun ko’ylak(jilbob) rostdan ham Islomdan emasmi?! Buni kiyishga kim kimni majburladi?!

Bunday kiyinish Alloh Taoloning buyrug’idir:

 “Hamda ko’rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini ko’rsatmasin-lar va ko’kraklarini ro’mollari bilan to’ssinlar!” [24:31]

“Ey Payg’ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiq(jilbob)larini o’rasinlar!” [33:59]

«Rasululloh(s.a.v) bizga yosh qizlarni, hayz ko’rib turgan va bo’yiga etgan qizlarni Ramazon va Qurbon hayitlariga chiqarishimizni buyurdilar. Hayz ko’rib turganlari namozdan chetlashadilar, yaxshilikka va musulmonlarning duosiga guvoh bo’ladilar». Aytdimki: «Birimizning yopinchig’i (jilbobi) bo’lmasa-chi?». Dedilar: «Unga opasi (dugonasi) jilbobini kiydirsin». (Muslim rivoyati). Mana shunday aniq sifatlash orqali ayolning umumiy hayotdagi libosi nima va qanday bo’lishi vojibligi yorqin ma’lum bo’ladi.

Ular o’z xalqini aldayotganlari boshlang’ich fikrlash bilan zohir bo’ladi. Lekin ular bunday razilliklarni nega qilishayapti? Nega ularga ishongan insonlarni aldashyapdi? Bu savollarga javob topish uchun esa fikrlashning ikkinchi bosqichi, ya’ni voqe’likka to’g’ri hukm chiqarish darajasiga ko’tarilish kerak. Ular bizning “aql ko’zi”mizni ishlamayotganidan foydalanishib, o’zlarining soxta obro’lari, bizneslari yo’lida hamma narsamizni qurbon qilishmoqda. Qadryatlarimizni, boyliklarimizni, kelajagimizni xudbinliklari tufaylik barbod qilishmoqda. Xalqning haqiqiy do’sti va etakchisi bo’lgan “Hizb ut-Tahrir”ni xalq dushmaniga chiqarishyapti. Do’stdan dushmanni, sofdildan xoinni, haqdan botilni, to’g’ridan noto’g’rini ajratib beradigan qurol bo’lgan “FIKR”ga qarshi chiqishmoqdalar.

Fikr – eng qimmatbaho boylik, unga erishish uchun jiddiy xarakat qilinmog’i zarur. Moddiy boyliklar, ilmiy kashfiyotlar, sanoat sohasidagi ixtirolar va shu kabilarning fikrlarga nisbatan tutgan mavqei ancha past bo’lib, ularga erishish ham, ularni saqlab qolish ham fikrlarga bog’liqdir. Chunki agar ummatning moddiy boyligi yo’q qilinsayu, lekin ummat o’z fikriy boyligini saqlab qolgan bo’lsa, moddiy boylikni tezda tiklab olish mumkin. Ammo agar ummat moddiy boyligini saqlab qolgan bo’lsayu, lekin fikriy boyligidan ayrilgan bo’lsa, u holda bu boylik ham tez orada qo’ldan ketadi va ummat qashshoqlik holatiga tushib qoladi. Shuningdek ummat agar fikrlash tariqatini yo’qotmagan bo’lsa, o’zi kashf qilgan, biroq keyinchalik yo’qotgan ko’pgina ilmiy haqiqatlarni qaytadan qo’lga kiritishi mumkin. Ammo agar samarali fikrlash tariqatini yo’qotgan bo’lsa u holda ummat tezda qoloqlashadi va o’zi erishgan kashfiyot va ixtirolardan ham mahrum bo’ladi. Shunga binoan eng avvalo fikrlarga qattiq e’tibor berish lozim, keyin shu fikrlar asosida va fikrlashning samarali tariqatiga tayanib moddiy boylik qo’lga kiritiladi va ilmiy kashfiyotlar, sanoat sohasidagi ixtirolar va shu kabilarga erishishga harakat qilinadi. (davomi bor).

Abu Ayub Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.