AQSh davlat departamenti Qirg’izistondagi odam savdosi to’g’risidagi hisobotini e’lon qildi

676
0

AQSh davlat departamenti 28 iyul kuni Qirg’izistonda odam savdosiga oid yillik hisobotini e’lon qildi. Hisobotga ko’ra, Qirg’iziston erkaklar, ayollar va bolalarni majburiy mehnatga, ayollar va bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida odam savdosi bilan shug’ullanuvchi va tranzit qiluvchi mamlakatga aylanib qolgani qayd qilingan.

Xabar qilinishicha, odam savdosi qurboniga aylanayotganlarning ko’pchiligini erkaklar – chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlari tashkil qilmoqda. Hisobotda aytilishicha, “Qirg’iz erkaklari, ayollari va bolalari Rossiya va Qozog’istonda ko’proq, Turkiya va Yevropaning boshqa davlatlarida esa kamroq darajada majburiy mehnatga jalb qilinishmoqda”.

Shuningdek hisobotda, erkak va ayollar Qirg’iziston ichkarisida ham qishloq va o’rmon xo’jaligida, qurilish va to’qimachilik sanoati hamda yosh bolalarga qarash va uy xizmatchisi kabi majburiy mehnatga jalb qilinishayotgani aytiladi.

“Shu bilan birga qirg’izistonlik yosh bolalar paxta va tamaki dalalarida ham mehnat qilishga, mamlakat ichkarisida giyohvand moddalarni sotish va tarqatishga, Qirg’iziston ichkarisida ham, qo’shni davlatlarda ham aravalarda yuk tashish ishlariga jalb qilinishmoqda. Ayollar va qizlar esa Turkiya, BAA, Hindiston, Rossiya, Qozog’istonda va mamlakat ichkarisida jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida odam savdogarlari qurboniga aylanishmoqda”, – deyiladi AQSh davlat departamenti e’lon qilgan hisobotda.

BMTning bolalar savdosi bo’yicha maxsus vakilining hisobotiga qaramay Qirg’iziston hukumati odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlarni bartaraf qilish va unga aloqadorlarni jazolash masalasi xal etish bo’yicha etarlicha jonbozlik ko’rsatmadi, deyiladi hisobotda.

Turkiston:

AQSh va u etakchilik qilib kelayotgan dunyo sistemasi, faqat o’zlarining manfaatlari yo’lida ikki yuzlamachi siyosat olib borishadi. Ular faqat o’z manfaatlariga teskari ish olib bora boshlagan yurtlardagi zulmlarni oshkor etib, birdan ularning bu xunrezliklariga qarshi butun dunyoni ularga qarshi harakatlanishga chaqira boshlashadi.

Misol uchun, AQSh inson huquqlarini himoyachisi bo’lib, Iroqda Saddamni osib o’ldirdi. Iroq avvalgidan o’n barobar xaroblashdi, insonlarning yashash darajalari ham har tomondan nochorlashib borayapti. Liviyada Kaddofiyni o’ldirib yuborishdi. Hozirda bu davlat, qabilachilik davriga qaytib borayapti. Afg’onistonga bostirib kirib, u erni be’tain xarob holatga olib borib, hozir u erni ham o’z holiga tashlab yubordi. Bu singari misollar o’ta ko’p. Yuqorida esa, Qirg’iziston hukumatiga bosim berish kompaniyasini boshladi. Bundan bir necha yillar avval O’zbekistonni har xil sanktsiyalar bilan o’rab olib, Karimovning rejimi bilan birga bir oz qiynab kelayotgan edi. Lekin Karimov o’zini o’nglab, AQShga Afg’oniston muammolarini hal qilishda ko’maklasha boshlaganidan keyin, birdan bu rejim olib borayotgan hayvoniy zulmlarga nisbatan yana beetibor siyosiy vaziyat paydo bo’la boshladi. Ma’lumki, O’zbek hokimiyatining olib borayotgan siyosati, Qirg’izistonnikiga solishtirib bo’lmaydigan darajada zulm ostida borayapti.

Demak AQSh, Qirg’izistonga, o’z manfaatlaridan kelib chiqib muomila tarzini shakllantirishga urinayapti. AQSh uchun, bizdagi insonlar va ularning haq huquqlarining zarracha qadri yo’q. AQSh Qirg’iz hukumati bilan bir necha masalalarda kelisha olmadi. To’g’rirog’i Qirg’iz hokimiyati Rossiyaning bir qator bosimlari ostida, AQShning bir qancha manfaatlarini inkor qilib yubordi. Shulardan asosiysi, Manas aeropartidagi Gansi aviobazaning Qirg’izistondagi faoliyatiga chek qo’yishi boldi. Endi u Qirg’izistonni parokanda qilib yuborish maqsadida, o’zining xalqaro siyosatdagi bor vaznini ishga soladi.

AQShning iflos maqsadi sari yo’naltirilgan bu hatti harakatlaridan qutulish yo’llari bormi? Bor albatta!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.