Temir Sariev: Qirg’iziston xijob kiyganlarga ochiq qarshi chiqishi kerak

1140
0

Odamning kimligini bilmoqchi bo’lsang, unga amal berib ko’r deganlaridek, Qirg’iziston Bosh vaziri Temir Sariev ham Qirg’iziston bosh vaziri etib saylanganidan buyon asosiy e’tiborini malakatda chuqur ildiz otgan korruptsiya, qashshoqlik, ishsizlik… kabi xalqning tinka-madorini quritayotgan muammolarni xal etishga emas, balki Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurashga qaratib kelmoqda.

24 iyul kuni Issiqko’l viloyatida bo’lib o’tgan ichki ishlar organlari tezkor xizmat faoliyatining 2015 yil birinchi yarmi yakunlari bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda Temir Sariev “Qirg’izlar hech qachon hijob va salla kiymaganlar”ini belgilab o’tdi.

Uning so’zlariga ko’ra, Islom niqobi ostida qirg’izlarga begona urf-odatlarni tiqishtirishga harakat qilmoqdalar.

“Bizning mamlakat endi oyoqqa turmoqda. Biz ekstremistik kuchlarga qarshilik qila olmayapmiz. Ular nafaqat Qirg’izistonda, balki butun dunyo bo’ylab kuchga to’lib bormoqdalar. Ular begona an’analarni tiqishtirmoqdalar”, – dedi Sariev.

“Biz, Islom niqobi ostida begona odatlarni tiqishtirishlariga qarshi kurashishimiz kerak. Biz Islomni o’zimizning dinimiz deya qabul qildik. Biroq biz paranji, salla va shalvarni majburlab kiydirilishini to’xtatishimiz zarur. Qirg’iziston xijob va salla kiyganlarga ochiq qarshi chiqishi kerak”, – dedi bosh vazir.

Temir Sarievning kuch organlari ishtirokidagi yig’ilishida aytgan bu so’zlari Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurashni kuchaytirish sari yo’naltirilgan birinchi harakati emas. Avvalroq, 27 iyun kuni bo’lib o’tgan diniy siyosat muhokamasiga bag’ishlangan hukumat yig’ilishida Temir Sariev Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi rahbarlariga diniy o’quv yurtlari va madrasalarni tekshirish vazifasini topshirgan bo’lsa, 16 iyulda bo’lib o’tgan ta’lim masalalari bo’yicha yig’ilishida mamlakatda masjidlar soni oshib borayotganidan xavotirga tushganini ma’lum qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.