AQSh uchun Isroil xavfsizligi birinchi o’rinda turadi

443
0

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Yaqin Sharqqa uyushtirgan safarida Eron yadro dasturiga oid bitim imzolanishidan xavotirga tushgan Isroilni tinchlantirishga urindi. Isroil xavfsizligi har bir narsadan muqaddam turishiga urg’u bergan Karter Eron bilan tuzilgan yadro kelishuvi yahudlar xavfsizligiga ta’sir qilmasligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Eshton Karter Yaqin Sharqqa uyushtirgan safarida Isroil mudofaa vaziri Moshe Yalon bilan uchrashdi. Tel-Avivdagi mudofaa vazirligi binosida o’tkazilgan uchrashuv ortidan jurnalistlar uchun mushtarak matbuot anjumani tashkil qilindi. Anjumanda Eron yadro dasturiga oid bitim va AQSh-Isroil o’rtasidagi aloqalar muhokama qilindi.

AQSh mudofaa vaziri Eron bilan tuzilgan bitim Pentagon uchun hech narsani o’zgartirmasligini ta’kidlar ekan, “Isroil mudofaasi borasidagi majburiyatlarimiz qoya kabi mustahkamdir. Oramizdagi ittifoq ham har doimgidan ko’ra kuvvatliroqdir”, “AQSh va uning armiyasi hamda shaxsan men uchun Isroil xavfsizligi birinchi o’rinda turadi. Isroilning AQShdan yaxshiroq do’sti yo’q”, deya qayd etdi.

Isroil mudofaa vaziri Moshe Yalon Isroil xafvsizligini o’z bo’yniga olganligi uchun Amerika idorasiga minnatdorchilik bildirdi.

“Shu vaqtgacha siz Isroilning haqiqiy do’sti ekanligingizni isbotladingiz. Doimo Isroil xavfsizligini birinchi o’ringa qo’ydingiz. Isroil xavfsizligiga qo’shgan hissangiz qanchalar buyuk ekanligini ko’pchilik biladi. Isroilning AQShdan buyukroq do’sti yo’q. Biz bu erda bayonot berib turgan bir paytda Isroil va Amerika buyuk ishlar ustida hamkorlikda faoliyat olib bormoqda”, dedi Yalon.

Eshton Karter Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashgandan so’ng Saudiya Arabistoni va Iordaniyaga safarini davom ettiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.