Ufada BRIKS va ShHT sammiti bo’lib o’tdi

440
0

Xalqaro siyosatda yakkalanib qolishi ortidan Rossiya BRIKS va ShHTni dunyo siyosatida imkon qadar ta’sirli va nufuzli tashkilotga aylantirishga jiddiy harakat boshlab yubordi. Tashkilot qoshida Taraqqiyot bankini tashkil qilish, Ukrainadagi vaziyat, Gretsiyada vujudga kelgan iqtisodiy bo’hron va “Islomiy davlat” tahdidiga doir muammolar muhokama qilinishi hamda Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish jarayonini boshlanishi bunga misol bo’la oladi.

Rossiya buni uddalay oladimi?

ShHTga xalqarolik tus berilishiga qanchalar harakat qilinmasin, u oddiy tashkilot bo’lishdan nariga o’ta olmaydi. Chunki bu tashkilot mafkuraviy emas, bitim kelishuvlari esa Amerika o’z manfatlariga mos holda tuzib olgan xalqaro normalar asosida imzolanadi. Dunyoda yuz berayotgan siyosiy vaziyatga baho berishda ham shu normalardan nariga o’ta olmaydi. Bank sohasida dollarni asos bo’lishligi esa uni mustaqil iqtisodiy ishlar qilishiga to’sqinlik qiladi. Asosiysi tashkilotga a’zo davlatlarning barchasi xalqaro normalarni buzmaslik, bu normalarga zid keluvchi bitimlar tuzmaslik to’g’risida deklaratsiyani imzolaganlar. Bundan tashqari sammit ishtirokchilari o’z og’zilari bilan bu tashkilot faqat iqtisodiy ekanligini ta’kidlashmoqda. U holda nima uchun siyosati ikki tomonga qaragan Hindiston va Pokiston bu tashkilotga a’zo bo’lishga intilmoqda? Buning javobi oddiy, Amerika xalqaro hamjamiyatni o’z ta’siri ostida ushlab turish va Rossiyani olabo’ji qilish maqsadida bu davlatlarni ShHTga qo’shilishga undadi.

Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkunki, bu tashkilotga xalqarolik tusi berishga harakat qilinmasin, u oddiylikdan nariga o’ta olmaydi. Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro vaziyatga ta’sir o’tkaza oladigan tashkilot bo’lishi uchun etakchi davlatlar manfaatini ko’zlamagan yoki faqat bitta mafkura printsiplariga asosanmagan hamda iqtisodiy ishlari bir davlat valyutasiga emas, balki oltin standart asosida bo’lgan mustaqil davlatlar yig’ini bo’lish kerak. Faqat shundagina bu tashkilot dunyo siyosatida bir nechata davlatlar manfatini emas, balki to’g’rilar manfatini himoya qiladigan tashkilotga aylanadi.

Sazoyi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.