Turkiya tashqi ishlar vazirining yordamchisi Faridin Sinirlio’g’li boshchiligidagi davlat rasmiylari AQShdan kelgan 40 kishilik hay’at bilan uchrashdi. Ular orasida AQSh prezidenti Barak Obamaning xos vakili Jon Allen va AQSh mudofaa vazirligining siyosiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Kristina Uormout ham bor. Turkiya tashqi ishlar vazirligiga qarashli manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, uchrashuv chog’ida o’zaro hamkorlikni kuchaytirish masalasida fikr almashilgan va hamkorlikni mustahkamlash borasida mintaqadagi so’nggi o’zgarishlar asos qilib olinishi muhokama qilingan.
Ikki kun davom etgan uchrashuvda Turkiyadagi ba’zi harbiy bazalar, xususan Injirlik havo bazasi AQSh havo kuchlari ixtiyoriga topshirilishi haqida ham muzokaralar o’tkazildi. Uchrashuvning muhim nuqtalaridan biri Injirlikdagi AQShga oid uchuvchisiz samalyotlarni qurollantirib hujumga shay qilish mavzusi bo’ldi.
AQSh – Turkiya aloqalaridan yaqindan tanish bo’lgan sobiq elchi Faruk Log’oo’g’li AQSh Injirlikdagi harbiy havo bazasini olishiga ishonishini bildirdi.
“AQSh bu gal juda og’ir bir shaklda Anqaraga kelishiga qaraganda Injirlik havo bazasini Amerika uchun ochilishi vaqt masalasidir. AQSh o’z ishini qiladi va saylovda qalqib qolgan Adolat va taraqqiyot partiyasiga istaganicha yuk yuklayveradi”, “Amerika ikki tomonlama bitimlar doirasida Injirlik havo bazasidan fodalana boshlaydi. AQShdan askarlar kelmaydigan bo’lsa ruxsat olishga ham hech qanday ehtiyoj yo’q. Injirlik havo bazasidan Suriyaga qarata osonlikcha havo zarbasini amalga oshirish imkoniyati mavjud”, dedi sobiq elchi.
Biroz avval Pentagonda tashkil qilingan milliy xavfsizlik yig’ilishi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Barak Obama IShIDga qarshi kurash uchun qo’shin jo’natish rejasi borligini inkor qildi. Obama AQSh IShIDga qarshi kurash uchun faol sherikka muxtojligiga urg’u berdi. Unga ko’ra, IShIDga qarshi jang olib borish mahalliy kuchlar zimmasiga tushadi. Shuning uchun IShIDga qarshi mahalliy armiyani kuchaytirish lozim.
“Voshington IShIDga qarshi kurashda olam bo’ylab musulmonlarni qo’llab quvvatlashga e’tibor qaratadi”, dedi AQSh prezidenti.