G’arb tomonidan joriy etilgan sanktsiyalarning iqtisodga salbiy ta’siri tufayli Rossiya Ukraina sharqidagi majarolardan asta-sekinlik bilan chiqib keta boshlaydi. Bu haqida siyosatshunos, jamoat arbobi, “The New Times” jurnali bosh muxarriri Yevgeniya Albats “Radio Exo Moskv”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Donbas masalasida qaror qabul qilindi. Rossiya asta-sekin u erdan chiqib ketadi. Shu erda bir savol tug’iladi, sandon va bolg’a orasida qolgan, hech kimga keragi bo’lmagan Donbasdagi odamlar nima bo’ladi? Gumanitar yordam etkazib berish bilan bog’liq muammolar, ayniqsa oziq-ovqat yo’q bo’lgan sharoitda ular qanday omon qoladi? Men umuman tushina olmayapman”, – dedi Yevgeniya Albats.
Albatsning fikricha, rasmiy Kreml barcha mumkin bo’lgan vositalar bilan qo’shimcha sanktsiyalarni oldini olishga harakat qiladi.
“Rossiya hukumati nihoyat sanktsiyalar shunchaki emas, balki juda jiddiyligini tushina boshladi. Sanktsiyalarni yangi bosqichi – Rossiya iqtisodi yana biror zarbaga qanday bardosh berishi tushinarsiz”, – deya belgilab o’tdi siyosatshunos.
Albatsning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati AQSh davlat kotibi Jon Kerri orqali bank sektoriga qarshi joriy etilgan sanktsiyalarni hech bo’lmaganda bir qismini olib tashlashga prezident Barak Obamani ko’ndirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Donetsk va Lugansk viloyatlariga muxtoriyat berish qororini Ukraina xalqi qabul qilishi kerakligini va ayni vaqtda Ukrainada mavjud eng yaxshi imkoniyat bu – Poroshenko ekanligini aytib o’tgan edi.