AQSh Qozog’istonda harbiy bazalar joylashtirmaydi

482
0

“CA-NEWS” saytining xabar qilishicha, AQShning Qozog’iston va uning chegaralari yaqinida harbiy bazalar joylashtirish rejasi yo’q. Bu haqida AQSh quruqlikdagi qo’shinlar qo’mondoni o’rinbosari Uilyam Xikman Qozog’iston teleradiokompaniyasi jurnalistlariga bergan intervyusida aytib o’tgan.

AQShlik harbiy amaldor AQSh armiyasi “hamkorlar izlash uchun dunyo sari odimlayotganini” aytdi. Shu bilan birgan Xikmanning aytishicha, to’qnashuvlar sodir bo’layotgan davlatlarga tinchlikparvar qo’shinlarni kiritish qarorini siyosatchilar qabul qiladi. Xikman Qozog’iston mustaqil davlat sifatida tinchlik paytida AQSh bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish qarorini mustaqil qabul qildi, deb aytmoqda.

Jurnalistlarning “Bu Qozog’iston atrofida keyinchaliy AQSh qurollari paydo bo’ladi, deganini bildirmaydimi?” degan savolga “Yo’q, mutlaqo bunday emas! Bizning Qozog’istonda bazalarni tashkil etish yoki joylashtirish niyatimiz yo’q. Maqsadimiz bu erga kelib, birga ishlab, birga hamkorlik qilib, keyin ortga qaytib ketishdan iborat”, – deb ta’kidlab o’tdi Xikman.

Turkiston:

NATO, ba’zi yurtlarni o’zi uchun strotegik o’ta ahamiyatli va bevosita o’zi himoya qilishi lozim deb biladi. Bu asosan hozirda Yevropa davlatlari. Lekin oxirgi yillarda NATO, dunyoning barcha mintaqalari xavfsizlik muammolarini muolaja qilishda jonbozlik ko’rsata boshladi. Uning bu faolligi, 2001 yil oxirlarida, Afg’onistonga qarshi 2014 yilgacha davom etgan urushi vaqtidan boshlandi.

NATO Toshkentda o’zining rasmiy ofisini ochdi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi Afg’onistonning qo’shni davlatlariga ham, islomiy jangari harakatlar xavfidan ogohlantirib, ularni Rossiyaning harbiy qaramog’idan qisman bo’lsa ham chiqarib olishga harakat qila boshladi. Buning uchun u davlatlarga, o’zining Afg’onistondan olib chiqib ketishi kutilayotgan harbiy texnikalarini qabul qilib olishlarini taklif qildi. Hozirda NATO O’zbek harbiylari uchun bir necha yuzlagan texnik arsenallaridan taqdim etti. U texnikalarni O’zbek harbiylari o’zlashtirib olishlari uchun, yuzlagan AQSh harbiy mutaxasislari ham O’zbekistonga joylashtirdi. Endi, AQShning harbiy mashinasi bo’lgan NATO, Qozog’istonda ham o’z ishtirokini kuchaytirmoqchi.

Afg’onistonda NATOning 9 ming atrofida harbiylari qoladi. Lekin e’tibor bering, AQSh Markaziy Osiyodagi harbiy taktikasini o’zgartirayapti. U avvalda NATOni yoki ilgariroq, xalqaro koalitsiya tuzib, ularning nomini vosita qilib, Afg’onistonda o’zi urush olib borayotgan edi. Endi esa, Afg’onistonda, islomiy jangarilarga qarshi NATOning o’rniga Afg’on armiyasini qo’ymoqchi. O’zi esa, e’tibor bering, faqat har ikki tomonni qurollantirib turuvchi bir nazoratchi, maslahatchi yoki harbiy askarlar tayorlab beruvchi instruktor bo’lib qolmoqchi.

O’rta Osiyoda ham, Qozoq, Qirg’iz, O’zbek armiyalarini AQSh o’z taktikasi asosida tarbiyalab, ularni o’zidagi harbiy texnik uskunalari bilan to’la ta’minlab, butun Markaziy Osiyoni, Yaqin Sharqdagi “IDISh” yoki “Husiylar” vositasida butun mintaqani vas vasaga solib kelayotgani kabi, mintaqada paydo qilinishi mumkin bo’lgan bir yangi nayranga tayorlayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.