AQSh hukumati o’zbekistonlik chegarachilarga bir necha avtomobillar guruhini taqdim etdi. Bu haqda “12news” Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini qo’riqlash qo’mitasi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, texnikalarni etkazib berish O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi 2001 yilda tuzilgan O’zbekiston Respublikasi va AQSh o’rtasida imzolangan giyohvand moddalar nazorati va huquqiy mezonlar bo’yicha hukumatlararo kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.
“2015 yilning 29 iyunida Amerika tomoni “MAN TGM 13.280 rusumli 20 dona avtomobilni O’zbekiston MXX chegara qo’shinlari foydalanishi uchun taqdim etdi”, — deya aniqlik kiritdi matbuot xizmati.
Turkiston:
Mustamlakachi davlatlar nazarida “uchinchi olam davlatlari” hisoblanuvchi mamlakatlarning, xususan islomiy yurtlarning mayda ishlarigacha aralashib ular o’rtasida birlik va hamfikrlik paydo bo’lmaslik yo’lida o’z imkoniyatlaridagi barcha vositalarni ishga solib kelishmoqda.
Ular islomiy yurtlar xalqlarini o’z aqidasi, tarixi, adabiyoti va qonunshunosligidan butkul uzib tashlash maqsadida o’quv dasturlarigacha, ijtimoiy hayoti va o’zaro aloqalarigacha aralashib, o’zlari tomonidan tuzib berilgan dasturdan qilcha ham chetga chiqib ketmasliklarini kuchli nazorat qilib kelishadi. Shulardan biri Markaziy Osiyoda yashab kelayotgan dini bir, tili bir va urf-odat an’anlari bir-biriga yaqin bo’lgan bir Ummat vakillarini o’rtasidagi jarlikni yanada kuchaytirish, ular o’rtasiga tortilgan sun’iy chegaralarni yanada mustaxkamlash uchun ulkan mablag’ va texnikalarni ajratib kelishmoqda. O’z xojalarin rozi qilishdan boshqa tashvishi bo’lmagan “mustaqil davlatlar” rahbarlari esa ular tomonidan ajratilgan yordamlarni olish orqali o’z xalqlari elkasiga ulkan qarz yuklarini ilishayotgani bilan sira ham ishlari yo’q.
Qirg’iziston Rossiya etakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lib kirishi arafasida Qirg’iziston qo’shni davlatlar bilan chegaralarini mustaxkamlash uchun rus hukumati 200 million dollar ajratdi. Garchi bu mablag’ qirg’iz xalqi bo’yniga qarz bo’lib ilingan bo’lsada, rus hukumati bu mablag’larni sarflashni qirg’iz hamkasblariga ishonmay o’zlariga qarashli kompaniyaga o’tkazib berdi.
“Mustaqil respublikalar” rahbarlari ham o’zaro kelishaolmay qolgan nuqtalarida bir-birlaridan qasos olishni eng oson yo’li chegaralarni yopib qo’yish yo’lini tutishadi. Quda-anda, qavmu-qarindosh bo’lib ketgan, bozori va mozori bir bo’lgan ikki qardosh xalqlarni aloqa vositalari bo’lib turgan o’g’rincha yo’llarda ham nazoratni haddan ziyod kuchaytirib yuborishadi, buning natijasida esa oddiy xalq ozor chekib kelmoqda xolos. Karimov va Atambaev o’rtasida 8 may kuni g’alaba bayrami arafasida Moskvada tortishib qolishlari ortidan o’zbek-qirg’iz chegarasida nazorat kuchaytirilib, oddiy fuqarolarni o’qqa tutilishi buning natijasida bir kishi xalok bo’lib yana bir kishi og’ir yarador bo’lishi bejizga sodir bo’lmadi.
Mustamlakchi davlatlar o’z nufuzi ostidagi respublikalarga chegaralarni mustaxkamlash uchun qanchalik ko’p mablag’ va yordam ajratganlari sari chegaralarda nizolar va oddiy fuqarolarni qurbon bo’lishi shunchalik ko’paymoqda.
28 iyun kuni kechqurun o’zbek chegarachilari Sirdaryoda qayiqda suzib kelayotgan baliqchilarni o’qqa tutdilar. Oqibatda Qozog’iston fuqarosi Ualixan Axmetov olingan yaralardan qayiqning o’zida jon berdi, ikkinchi baliqchi o’zini suvga tashlab, qozoq sohiliga suzib bora olgani bois joni omon qoldi.
Yana bir to’qnashuv O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasida sodir bo’ldi: Qirg’iziston Davlat chegara xizmatining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limi ma’lumotiga ko’ra, 29 iyun kuni ikki mamlakat chegarachi naryadlari o’rtasida otishma sodir bo’lgan.
“Aydarkent chegara otryadi “Kara Shoro” chegara zastavasi mas’ul bo’lgan uchastkada, “Mashalang” chegara nazorati posti atrofida Qirg’iziston chegarachilar naryadi davlat chegarasi chizig’ida turgan o’zbekistonlik chegarachilarga tanbeh bergan. Qirg’izistonlik chegarachilarning davlat chegarasini buzmaslik va davlat chegarasi chizig’idan narida turib patrullik qilish zarurligi to’g’risidagi talabiga javoban o’zbek chegarachilari naryadi qirg’iz harbiy xizmatchilariga qarata o’t ochgan. Ikki respublika chegarachilari naryadlari o’rtasidagi otishma chegaraning belgilanmagan uchastkasida sodir bo’ldi”, – deyiladi Davlat chegar xizmati press-relizida. Qirg’iziston tomonida jabrlanganlar yo’q, O’zbekiston tomonidan bu haqda ma’lumotlar berilmagan. Biroq “Azattk” (Ozodlik radiosi qirg’iz tili xizmati) Qirg’iziston hukumatining Botken viloyati bo’yicha muxtor vakiliga tayanib xabar berishicha, o’zbek chegarachilaridan biri otishma davomida yaralangan.