Taraqqiyot sababi demokratiyami yoki fanlarmi?

468
0

Hozirgi kunimizda televideniya va radiolar orqali rivojlangan davlatlarning taraqqiy etgan tomonlari va rivojlanib borayotgan sohalarini maxsus ko’rsatuvlar orqali ko’rib qolamiz. Masalan, Yaponiya, Amerika va Yevropaning bir qator davlatlari erishgan yutuqlar, bugungi yashash darajasi, rivojlangan sanoati va boyliklari haqidagi ma’lumotlar ko’pchilikka ma’lum.

Shu bilan bir qatorda, ular bu boyliklarga qanday erishgani va buning uchun qanday sharoitlar yaratilganligi, mamlakatning bu sohalar ustida qabul qilgan qarorlari haqida ham ma’lumotlar berib boriladi. Shu kabi ko’rsatuvlar va ma’lumotlarning xulosasi o’laroq, bu barcha yutuqlarning zamirida demokratiya yotgani va “demokratiya tufayli bu mamlakatlar shunday yutuqlarga erishgan” qabilidagi tushunchani singdirishga harakat qilinadi.

Ta’lim muassasalarida ham shunga muvofiq ma’lumotlar berilib turiladi. Oliy o’quv yurtlari va maktablarda ham “o’sha mamlakatlardagi demokratiya yaxshi rivojlanganligi uchun ular boy yashashadi, shuning uchun biz ham ular tutgan yo’lni tanlashimiz va ulardan ibrat olishmiz kerak” qabilidagi fikrlarni singdirish orqali Yevropa (kufr) saqofatini kirgizishga harakat olib boriladi.

Talabalar ham go’yo moda ortidan quvib evropacha kiyinsa ziyoli va taraqqiyotga erishgan odamga aylanib qoladigandek, kofirlar qanday kiyinsa uyalmasdan ular ham xuddi shunday kiyina boshlaydilar. Hamda o’zlarini tutishda, ovqatlanishda, o’zaro muomalalarda ham ularga taqlid qiladilar. Bunga sabab, “Chunki ular ilg’or odamlar, ularni ortidan ergashsak biz ham rivojlanamiz va boyib ketamiz”, – degan fikr bizlarga yoshlik chog’larimizdan boshlab singdirib kelinmoqda.

Haqiqatan ham shundaymi?

Bu savolning javobini tarixga nazar tashlasak bilib olamiz. Bundan 500-600 yillar avvalga nazar tashlasak bilamizki, o’sha davrda demokratiyaning “D” xarfi ham bo’lmagan. Biroq, shunday bo’lsada musulmonlar rivojlangan va taraqqiy etgan, kufr olami esa juda qoloq yashar edi.

U holda nega bugunga kelib 500 yil avval yuzini yuvishni ham bilmagan kofirlar rivojlanganu, o’sha davrda rivojlangan musulmonlar qoloq va qashshoq bo’lib qoldi?

Demak, qoloqlik va qashshoqlikning sababi demokratiyada emas. Bu so’zlarimizning isbotini quyida keltirib o’tamiz;

Ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyoda BMT tashkil topdi. Bu tashkilotga katta beshtalik mamlakatlar asos soldi. Shu besh davlat (Amerika, Rossiya, Xitoy, Frantsiya va Buyuk Britaniya) boshqa davlatlarni o’zlaridan o’tib ketmasligi uchun hamda doimiy BMT asosida o’z nazorati va mustamlakachiligida ushlab turish uchun beshta davlat kelishib oldilar.

Ular boshqa davlatlarni siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy va ko’plab sohalarini nazorat qiladi. Biz ma’rifiy sohadagi mustamlakachilikka e’tibor qaratmoqchimiz. Yuqorida aytib o’tganimizdek, musulmonlar Xalifalik davlati qulatilgunga qadar juda rivojlangan va dunyoda etakchilikni o’z qo’llarida saqlab kelgan edilar. Bunga sabab ilm-fan rivojlangan edi. Xalifalik qulatiligandan keyin BMT yordamida musulmonlardan shu ilm-fan tortib olindi. Aslida mamlakatni og’ir sanoat rivojlantiradi. Qaysi rivojlangan davlatni qaramang, u erda og’ir sanoat rivojlangandir. Taraqqiyotga eltuvchi va og’ir sanoatni o’rgatuvchi fizika, ximiya, algebra kabi aniq fanlar o’sha beshtalik davlatlarida so’ng Germaniya va Yaponiya kabi mustaqil davlatlarda ta’lim muassasalarida yuqori darajada beriladi.

BMT hisobi bo’yicha uchinchi davlatlar hisoblanuvchi (Arabiston yarim oroli, Osiyo, Afrika) davlatlarda bu fanlar sayozlashtirilgan holda beriladi yoki o’qituvchi yo’qligi bilan bog’liq bahonalar bilan umuman berilmaydi. Ta’lim dasturlari BMT tomonidan loyihalashtirilganiga ko’ra, mustaqil va mustamlakachi davlatlar uchun boshqa-boshqa darajalarda beriladi.

Masalan, Frantsiya va Germaniya kabi davlatlarda maktab va oliygox o’quvchilariga samolyotlar yasash yoki yangi turdagi uyali telefonlarni ixtiro qilish haqida fikrlatsa, MDH davlatlari (sobiq SSSR), Arab davlatlari va Afrika mamlakatlari o’quvchilariga o’sha katta mamlakatlar ixtiro qilgan narsalarni ishlatish va qanday foydalanish kerakligi haqida fikrlatadi.

Bunday ixtirolarni musulmonlarga ko’chish jarayonini nazorat qilish maqsadida har yili aniq fanlar bo’yicha xalqaro musobaqalar tashkil qiladilar. Mabodo biror bir uchinchi davlat vakillari ichidan ixtirochi yoshlar chiqib qolsa darhol uni o’z mamlakatlariga olib ketadilar.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, musulmonlarning rivojlanishi demokratiyada emas, aksincha Islomdadir. Chunki Islom ilm olishda o’z fuqarolariga keng sharoitlar yaratib beradi. BMT kabi to’sqinlik qiladigan tashkilotlarni tiyib qo’yadi. Ixtirolar uchun sharoitlar yaratadi va og’ir sanoatni rivojlantiradi.

Fizika, ximiya, algebra va geometriya kabi fanlar narsalar (predmetlar)uchundir. Shu fanlar asosida sanoat rivojlanadi. Uni musulmonlar qiladimi yoki kofirlarmi farqi yo’q. Demokratiya va Islom esa insonlar uchun chiqarilgan qonunlardir. Fanlarning bunga aloqasi yo’q. Yuqoridagi fanlar qaysi davlatda rivojlansa o’sha davlat rivojlanadi u Islomiy davlat bo’ladimi yoki demokratik davlatmi buning farqi yuq. Agar insonlar Islom bilan hayot kechirsa, Allohning oldida yuzlari yorug’ bo’ladi. Agar demokratiya bilan hayot kechirsa, Allohning oldida yuzlari qaro bo’ladi. Bu ikki tuzumni taraqqiyotga aralashtirib bo’lmaydi.

(BMT haqida quyidagi link orqali batafsil bilib olishingiz mumkin)

http://uz.hizb-turkiston.net/books/dunyokechabugyn/dunyokechabugunertaga03.html

Ansor. Ansor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.