Qirg’iziston parlamenti 20 may kuni bo’lib o’tgan yig’ilishida Qirg’iziston respublikasini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lib kirish bo’yicha o’tgan yilning dekabrida Minsk shahrida va 8 may kuni Moskvada imzolangan qonun loyihalarini ratifikatsiya qildi.
Jogorku Kenesh deputatlari oldida so’zga chiqqan bosh vazir Temir Sariev Qirg’izistonning YeOIIga kirishi bilan kapital, tovar, xizmat ko’rsatish va fuqarolarning kirib-chiqishi erkin bo’lishini belgilab o’tdi. U tashkilotga a’zo bo’lishni respublika xalqi va hukumati qo’llab chiqqanini ma’lum qildi.
“So’ngi so’rovlar xalqimizning 80-90 foizi ushbu siyosatni to’liq qo’llab-quvvatlayotganini ko’rsatib turipti. Bundan tashqari e’tibor qaratish muhim bo’lgan jihat – prezident, parlament va hukumat bu masalada bir musht bo’lib turib berdi”, – dedi Sariev.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishda qirg’iz hukumati erishgan engilliklar qatorida Temir Sariev Qirg’iziston umumiy boj to’lovlaridan 1,9 foiz olishini, ayrim tavorlar bo’yicha besh yillik engilliklar saqlanishi, ustav fondi 1 milliard dollar bo’lgan qirg’iz-rus fondini tuzilishi va Rossiyadan 200 million dollar grant olinishi va Qozog’istondan 100 million dollar olish bo’yicha so’zlashuvlar olib borilayotganini belgilab o’tdi.
YeOIIga a’zo qolgan davlatlar parlamentlari ham qonun loyihalarini ratifikatsiya qilganidan so’ng Qirg’iziston tashkilotga to’laqonli a’zo bo’lib kirgan hisoblanadi.
Hukumatning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Rossiya, Qozog’iston va Belorus parlamenti Qirg’izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi bo’yicha kelishuvlarni kun tartibiga kiritib, ko’rib chiqish arafasida turipti. Jogorku Kenesh Armaniston pralamentiga kelishuvlarni tezroq ko’rib chiqishi bo’yicha maxsus so’rovnoma jo’natmoqchi.