Roza O’tunboeva hijobli qizlar ko’payotganidan tashvishda

1634
0

Qirg’izistonning sobiq prezidenti Roza O’tunboeva mamlakat janubida hijob kiygan qizlar ko’payotganidan tashvishga tushgani va bezovta ekanligini ma’lum qildi. Bu haqida sobiq prezident Bishkek shahrida 15 may kuni boshlangan va ikki kun davom etadigan “Pekin+20 platformasi doirasida gender tenglikka erishishda parlament roli” xalqaro konferentsiyada aytib o’tdi.

“Bizning mintqadagi qizlarning kelajagidan tashvishdaman. Men yaqindagina respublikaning janubiy viloyatlarida bo’lib qaytdim va maktablarda ko’plab qizlar ro’mol bilan yurganidan tashvishga tushdim. Bizda ta’lim vazirligi o’quvchi qizlarga ro’mol o’rash huquqini berishi zarur deya bu masalani parlamentda doimo ko’taradigan mahmadona deputatlar bor. Lekin bizning ayollar, erkak deputatlar hech qachon ularni tanqid qilishmaydi, qarshi bir og’iz so’z ham aytishmaydi, chunki ular o’zlarining soxta elektoratlari (saylovchilar ovozlari) uchun kurashishadi. Biz qayoqqa qarab ketyapmiz, janoblar?”, – dedi Roza O’tunboeva.

Turkiston:

Mustamlakachi yirik davlatlar tomonidan o’ylab topilgan gender tenglik (jinslar o’rtasidagi tenglik) bugungi kunga kelib nafaqat islomiy shariat ahkomlariga zidligi, balki ayollar muammolarini hal etishda ham omadsizlikka uchragani aniq bo’lgan bo’lsada o’z xojalaridan olayotgan grant va yordamlarni oqlash maqsadida bo’lgan islomiy yurtlar hokimlari atamani Ummat ongiga singdirish uchun astoydil harakat qilishmoqda. Bu siyosatni amalda qo’llanishi natijasida ayollar zimmasiga ro’zg’or tashvishlari yuklatildi. Ayollar erkaklar bilan tengma-teng ishlash va hech bir ehtiyoj bo’lmagani holda erkaklar bilan aralashib yurish “huquqiga” ega bo’lishdi.

2010 yilgi davlat to’ntarishidan so’ng Qirg’iziston prezidenti bo’lgan Roza O’tunboeva agar haqiqatdan ham xotin-qizlar kelajagini o’ylaganida maktabdagi hijobli qizlardan emas, balki ro’zg’or tebratish tashvishida ertadan kechgacha erkaklar bilan tengma-teng ishlayotgan, yozning issig’i, qishning sovug’i demay bozorda savdo qilayotgan xotin-qizlar chekayotgan zaxmatlardan tashvishga tushgan, tungi klublarda yarim yalong’och tong sahargacha tentirab yurgan, majburlikdan yoki shunchaki ko’ngilxushlik uchun buzqchilik yo’lini tutgan qiz va juvonlar taqdiridan bezovta bo’lgan bo’lar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.