Rossiya va Xitoy Oqdengizda mushtarak harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda

632
0

Rossiya mudofaa vazirining muovini Anatoliy Antonov Rossiya va Xitoy tarafidan Oqdengizda o’tkazilayotgan mushtarak harbiy mashg’ulot haqida bayonot berdi. Bayonotda aytilishicha, harbiy mashg’ulotdan maksad dengiz xavfsizligi borasida Rossiya va Xitoy o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdir.

“Harbiy mashg’ulot uchinchi bir davlatga qarshi tashlangan qadam emas. Mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham hech qanday aloqasi yo’q. Avgust oyida Yapon dengizida Xitoy bilan yana bir harbiy mashg’ulot o’tkazamiz”, dedi Antonov.

Antonov mushtarak harbiy mashg’ulotda har ikki tarafdan jami bo’lib 10ta harbiy kema ishtirok etayotganligini ma’lum qildi. Antonovga ko’ra, kemalarga okeanlarning o’zoq mintaqalarida suzish xavfsizligini ta’minlash uchun mushtarak mashg’ulotlar ustida ishlash vazifasi topshirilgan.

Xalqaro aloqalar bo’yicha mutaxassis prfessor doktor Mas’ud Haqqi Jashin bu harbiy mashg’ulot NATOga qarshi hamda Oqdengizda o’zining ustunligini ko’rsatib qo’yish uchun o’tkazilayotganini aytadi.

“Bu mashg’ulot aslida yanvar oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan edi. Putin Rossiyaning mudofaa siyosatiga doir bergan bayonotida NATOning Rossiyaga tahdid qilganligiga ishora qilib, “yangi rus askarlari” strotegik tushunchasi shunga binoan tartibga solinishini bildirgan edi. O’ylashimcha, bu mashg’ulot AQSh va NATOga qarata o’z kuchini ko’rsatib qo’yishdir. Boshqa bir tarafdan AQSh va Yaponiya o’rtasida bo’lib o’tgan harbiy bitimlar ham bu mashg’ulotning o’tkazilishiga turtki bo’ldi. Shuningdek mashg’ulot Oqdengizga kim ustunligini ko’rsatib qo’yish uchun olib borilmoqda. Bu erda haqiqiy o’qlarning ishga solinishi ham mashg’ulotning jiddiy ekanligidan darak beradi.”, deydi professor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.