Tojikistonda Islomiy ism ta’qiqlanish arafasida

713
0

Jamoatchilik joylarda muslima ayollarning hijob bilan yurishi va erkaklarning soqol qo’yishi ta’qiqlangan Tojikistonda yana bir Islomiy ko’rinishga ta’qiq qo’yilishi arafasida turipti. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonov yosh bolalarga Islomiy ism qo’yishni ta’qiqlaydigan qonun loyihasini tayyorlash ustida ish olib borishga buyruq berdi.

“EuroAsianet” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, prezident Rahmonov davlat majlisida shu haqida topshiriq bergan. Tojikiston adliya vazirligi tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, bu qonun barcha xorijiy tillardagi imslarni ta’qiqlashni o’z ichiga oladi. Qonun amalda ijro etilishi bilan arabcha ismlar bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillardagi ismlarning ham bolalarga qo’yilishi ta’qiqlanadi. Adliya vazirligining bayonotida yosh bolalarga ism qo’yishda qiynalganlar uchun “ismlar ro’yxati” tayyorlanishi alohida ta’kidlanib o’tildi.

Bu qonun oxirgi paytlarda toboro ortib borayotgan Islomiy ismlarning yosh bolalarga qo’yilishini oldini olish uchun chiqarilayotgani aytilmoqda. 98% aholisi musulmonlardan iborat bo’lgan davlatda bu qonun noroziliklarga sabab bo’lishi mumkin. Muxolifat vakillariga ko’ra, bu qonun amalda ijro qilinishi uchun avvalo arabcha ismga ega bo’lgan prezidentning o’zi ismini o’zgartirishi lozim.

Islom va musulmonlarga jiddiy shaklda hujum boshlagan bu davlatda 18 yoshga etmaganlarning masjidga kirishlari, erkaklarning soqol qo’yib yurishlari va muslima ayollarning hijobda yurishlari allaqachon ta’qiqlab qo’yilgan.

Turkiston:

Imomali Rahmonovning ahvoli ham xuddi qo’shni davlatlaridagi rejimlarining ahvoli singari. Buni qisqacha, “ishtoni yo’qning hadigi cho’pdan” degan maqol bilan ta’riflash mumkin.

Bu nodonlarning olib borayotgan, Islomga va Musulmonlarga qarshi harakatlari, aslida xalqaro sistemaga karshi yoki undan himoyalanish maqsadi asosida olib boriladi.

Xalqaro ta’sir quvvatiga ega bir qator katta kufr davlatlari, Islom dinini noto’g’ri talqin qilish ortidan, bir qator yurtlarni mustamlaka qilib olishdi yoki shu yo’l bilan bir biridan muayyan yurtlarni tortib olish maqsadida musulmonlararo urushlar uyushtirib kelishadi.

Ular shu maqsadlari yo’lida, Saudiyadagi va yana bir qator islomiy yurtlardagi oliygohlardan tortib o’rta bilim yurtlarigacha islomiy ta’lim programmasini, suniyparaslik asosiga qurib, Shiya mazhabiga qarshi yo’naltirdi. Shiyalar yashaydigan yurtlarda esa, xuddi shuning teskari targ’ibotlari rivojlantirib, ularni suniylarga qarshi yo’naltirib borilayapti. Yana u talabalarni mutaassib bo’lishlari uchun, mazhab ushlashmaslikka targ’ib qiluvchi ta’lim berish uslubini o’ylab topishdi. ID tashkiloti rivojlantirib borayotgan “takfir” tushunchasi va umuman shu tashkilot olib borayotgan targ’ibot ishlarining asosi ham ana shu kufr ta’siri ostida ishlab chiqilgan yuqoridagi ta’lim programmaning mahsulotlaridan biri.

Shuning uchun I. Raxmon va uning qo’shni hamkasabalari, kufrni rozi qilish uchun yoki u uyushtirishi mumkin bo’lgan Islom niqobi ostidagi fitnalardan qo’rqib, Islom va Musulmonlarga qarshi harakat olib borishadi. Ular bu ishlarini o’z e’tiqodlaridan kelib chiqib, Islom diniga qarshi ekanlaridan emas, balki kufrdan qo’rqib uni rozi qilish uchun boshlagan edilar. Lekin keyinchalik ularning bu kurashi avj olib, Karimov va Raxmonovlar singari, ortga yo’l qolmaydigan darajada kuchayib ketdi. Endi ularga, hech qanday kufrning turtkisi kerak emas. Ular endi o’z kursilari uchun doimiy harakatlanuvchi kufr manfaatlarining tomorqasiga aylanib qolishdi. Ular nafaqat saqol, hijobdan, hatto islomiy ismlardan ham xavotirlanadigan darajada vasvasaga tushib qolishdi.

Shu yo’l bilan kufr ikki quyonni bir o’q bilan urib olgandek bo’ldi. Birinchisi Tojikiston hokimiyatini o’z fuqorolariga ya’ni Musulmonlarga qarshi doimiy harakatlanuvchi quvvatga aylantirib olgan bo’lsa, ikkinchi tomonidan Musulmonlarni o’z manfaatiga muvofiq kelib qolishi bilan hukumatga qarshi osongina harakatga keltirish mumkin bo’lgan katta quvvatga aylanib boruvchi muhitni yarata oldi. Karimov va Raxmon, xuddi bir minani oyog’i bilan bosib olgan askarni eslatadi. Ular shu bosgan holatlarida qancha tura olishlarini hatto o’zlari ham bilishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.