Hech kim olmagan samalyotlar musulmonlarga sotilmoqda

905
0
A French Dassault Rafale aircraft from the nuclear-powered aircraft carrier French Navy Ship Charles de Gaulle (R 91) performs a touch-and-go landing April 12, 2007, on the flight deck of the Nimitz-class aircraft carrier USS John C. Stennis (CVN 74). St ennis, as part of the John C. Stennis Carrier Strike Group, and Charles de Gaulle, the flagship of Commander, Task Force 473, are operating in the Northern Arabian Sea. (U.S. Navy photo by Mass Communication Specialist 1st Class Denny Cantrell) (Released )

27 yildan buyon xaridor chiqmagan Frantsiyaning “Rafale” rusumli harbiy samalyotlarining savdosi Ko’rfaz bozorida yurishib ketdi. Arab bahori ortidan Shimoliy Afrika, O’rta Sharq va Ko’rfaz davlatlarida yuz bergan tartibsizliklar va urushlar sababli Frantsiyaning “Dassault” aviatsion qurol-aslaha firmasiga omad kulib boqdi. Bugunga qadar o’z armiyasidan boshqasiga sota olmagan Frantsiya Misrga va undan so’ng Qatarga 24 dona “Rafale” rusumli harbiy samalyotini sotishga muvaffaq bo’ldi.

Frantsiya prezidenti Fransua Olland bitim ishlarini olib borayotgan mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian va tashqi ishlar vaziri Loran Fabius bilan Qatarga yo’l oldi. Qatar havo yo’llari” shirkati 24 dona “Rafale” samalyotini sotib olish evaziga Frantsiyaga ko’proq parvoz qilish huquqini shart qilib qo’ydi. Parij bu shartni qabul qilishi bilanoq shartnomaga darhol imzo chekildi.

Ko’rfaz davlatlariga bo’zchining mokisidek qatnab qolgan Frantsiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian O’tgan hafta so’ngida Birlashgan Arab Amirliklariga yana bir bor safar qildi. U “Rafale” rusumli harbiy samalyotini savdosi borasida uchrashuvlar o’tkazdi. Malayziya davlati bilan ham 16ta “Rafale” rusumli harbiy samalyotini savdosi borasida kelishuvlar davom etmoqda. Frantsiyaning bu harbiy samalyotlarga 1988 yildan buyon xaridor chiqmayotgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.