Andijon qirg’iniga 10 yil to’ldi

711
0

Bugun 13 may kuni O’zbekiston jallodi Islom Karimov buyurug’i va ko’rsatmalari asosida Andijon qirg’ini amalga oshirilganiga 10 yil to’ldi. Bundan roppa-rosa 10 yil oldin, 2005 yilning 13 may kuni siyosiy va iqtisodiy zulmu istebdodlardan to’ygan o’n minglagan Andijon xalqi adolat izlab shaharning Bobur nomidagi markaziy bog’iga yig’ilgan edi.

Imkon qadar ko’proq odam yig’ish va qirg’in qilish orqali xalqning qalbiga qo’rquv solish niyatida bo’lgan Karimov laychalari odamlar ichida “xalqning dardini tinglagani shaxsan Karimovni o’zi kelishi” haqida ovoza tarqatgan edi. Hukumat nazarida keraklicha odam yig’ilganidan so’ng tish-tirnog’igacha qurollangan harbiylar Karimovning buyrig’iga binoan tinch namoyishchilarni avtomat va yirik kalibrli pulemyotlar orqali o’qqa tuta boshlagan va O’zbekiston tarixidagi eng qonli qirg’inni amalga oshirgan edi.

Bu voqealar ortidan O’zbekiston rasmiylari va shaxsan Karimov bu ishlar ortida “Akromiy”lar turgani va halok bo’lgan 187 kishining ko’pchiligi qurolli shaxslar bo’lgani haqida rasmiy ma’lumot tarqatgan edi. Mustaqil kuzatuvchilar va inson huquqlari tashkilotlari esa Andijon qirg’ini oqibatida 1000dan ziyod odam halok bo’lganini aytib kelishadi. Aslida esa qurbon bo’lganlar soni bundan bir necha barobar ko’p bo’lganligi hech kimga sir emas.

Andijon qirg’inidan so’ng AQSh va Yevropa Kengashi O’zbekiston hukumatidan bu xodisa yuzasidan mustaqil tergov o’tkazishni talab qilishgan, Karimov ularning talablarini keskin rad etgach O’zbekistonga nisbatan bir qator sanktsiyalar joriy qilgan edi. Joriy etilgan sanktsiyalar jumlasiga, O’zbekiston rasmiylarining Yevropa ittifoqi hududiga kiritilishi taqiqlash va qurol embargosi bo’lib, amalda hech qanday ta’sirga ega bo’lmagan, shunchaki ramziy ma’nodagi sanktsiyalar edi xolos. Shunday bo’lsada Yevropa davlatlari 2009 yilga kelib bu sanktsiyalarni barchasini bekor qildi va O’zbekiston bilan buzilgan aloqalarini qayta tiklash yo’lida jiddiy harakatlarni boshlab yubordi.

Afg’onistonda bosqinchilik urushlarini olib borayotgan AQSh hukumati ham o’zi qo’ygan talablarining birortasini O’zbekiston hukumati bajarmaganiga qaramay 2011 yili “milliy xavfsizlik e’tibori bilan” cheklovlarni bekor qilish va O’zbekistonga harbiy yordam ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qildi. Shundan so’ng rasmiy safar bilan O’zbekistonga kelgan AQSh davlat kotibasi Xillari Klinton 2011 yil oktyabr oyida Karimov bilan Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng “O’zbekiston inson huquqlari vaziyati bo’yicha va siyosiy erkinliklarni kengaytirish masalalarida ijobiy tomonga o’zgarganini namoyish qilmoqda. AQSh davlati O’zbekiston bilan munosabatlarini mustahkamlamoqchi. AQSh inson huquqlari muammosi bo’yicha muhokamalar o’tkazishda davom etaveradi, lekin O’zbekiston hukumati bilan bo’layotgan muloqotlar o’z natijasini bera boshladi”, – deb aytib o’tgan edi.

Bugun 13 may kuni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi Andijon voqealarining o’n yilligi munosabati bilan yana bayonot tarqatdi.

Mazkur bayonotda, “2005 yil 13 mayda Andijonda yuz bergan voqealarning o’n yiligi munosabati bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’sha voqealar tufayli halok bo’lgan yoki jabr chekkanlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi. Biz O’zbekiston bilan ko’plab mushtarak maqsadlarga egamiz hamda javobgarlik, yarashuv, demokratik islohotlar va inson huquqlarini himoya qilishni rag’batlantirishga sodiq qolamiz. Qo’shma Shtatlar O’zbekistonni inson huquqlari bo’yicha milliy va xalqaro majburiyatlarini to’liq bajarishga chaqirishda davom etmoqda”, – deyiladi.

Ha, barcha ishlarini moddiy manfaat ustiga barpo etishga asoslangan kapitalistik davlatlar uchun na insoniy va na ruhiy qiymatni hech qanda axamiyati yo’q. Ular bugun bir narsani talab qilishlari mumkin, ertasi kuni esa bu talab manfaatlariga zid kelib qolsa hech ikkilanmay undan voz kechishadi. Shuning uchun ham ulardan najot kutishimiz, ishlarimizni ularning qo’liga topshirib qo’yishligimiz siyosiy ko’rlikdan boshqa narsa emas.

Andijon qirg’ini esa musulmonlar yodidan hech qachon ko’tarilmaydi va bu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar yaqin kunlari ichida o’z qilmishlari uchun roshid Xalifa oldida tiz cho’kib javob berishadi, insha Alloh.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.