AQSh kongresining respublikachilar va demokratlar partiyasi a’zolaridan tarkib topgan bir hay’at Benyamin Netanyahuni ziyorat qilish uchun Isroilga bordi.
Isroil bosh vaziri Netanyahuning ofesidan berilgan yozma bayonotda aytilishicha, AQShdan kelgan mehmonlarni qabul qilish asnosida nutq so’zlagan Netanyahu AQShning Isroilga bergan dastagini yuqori baholagan. Netanyahuga ko’ra, AQShning Isroilga ko’rsatgan yordami Isroil milliy xavfsizligining asosini tashkil qiladi.
“AQShning Isroilga ko’rsatgan dastagi va u bilan hamkorlik qilishi Isroil milliy xavfsizligining asosini tashkil qiladi”, dedi Isroil bosh vaziri.
Shuningdek, AQSh vakillar majlisi ichki xavfsizlik qo’mitasining rahbari respublikachi Maykl Makkol Isroil AQShning Yaqin Sharqdagi eng yaqin ittifoqchisi ekanligini ta’kidlab o’tdi.
“Ruxsatingiz bilan hay’at nomidan shuni ayib o’tishni istardimki, biz bugun bu erda demokratlar yoki respublikachilar sifatida emas, Isroil davlatini qo’llab quvvatlagan Amerikaliklar sifatida tashrif buyurdik. Isroil bizning mintaqadagi eng yaxshi hamkorimizdir. Isroil demokratik davlat va shu mintaqadagi umid chirog’idir”, deya Isroilga maqtovlar yog’dirdi respublikachi Maykl Makkol.
Bundan avval Amerika vitse-prezidenti Jon Bayden esa o’zining sionist ekanini va kishining sionist bo’lishi uchun yahudiy bo’lishi shart emasligini aytib, Isroilning mavjud bo’lib turishi dunyodagi yahudiylar tinchligini saqlash uchun zarur ekanligini bildirgan edi.
Bayonotda AQShdan kelgan hay’atning Isroilga qachon kelganligi, necha kun mehmon bo’lishi va qachon AQShga qaytishi borasida biror ma’lumot berilmadi.