Imomlarga maosh ajratiladi

649
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev ko’rsatmasi asosida bir yil avval “Iymon” fondi tashkil etilgan edi. Mazkur fond etakchisi Nurjigit Qodirovning “Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmati bilan bo’lgan suhbatida ma’lum qilishicha, shu oy (may)dan boshlab imomlarga maosh to’lana boshlashi va uning miqdori sakkiz ming som atrofida bo’lishi mumkin.

 Uning so’zlariga ko’ra, din sohasida hukumatning so’zi ta’sirsiz bo’lib qolmoqda. Bunga sabab, din xizmatchilariga hech narsa bermay, yashash darajasini ta’minlamay turib, ulardan unday yoki bunday bo’l deb talab qilganda so’z bir oz ta’sirsiz bo’lib qolishi tabiiy. Shuning uchun din sohasidagi siyosatni yo’lga solish uchun imomlarga yordam berish kerak. Ular oylik maosh olmasa, tayinli daromadi bo’lmasa na xalq bilan ishlay oladi, na imomlik vazifasini bajara oladi va na davlat ko’rastmasi, siyosatini bajarishga xohishi bo’ladi. Shu sababli ularga maosh berish kerak degan qarorga kelindi.

Nurjigit Qodirbekovning ma’lum qilishicha, imomlarda uchta shart topilsa ularga maosh ajratiladi. Birinchisi, imomlar attestattsiyadan o’tgan bo’lishi, ikkinchisi, ular ishlayotgan masjidlar davlat ro’yxatidan o’tgan bo’lishi va uchunchisi, fond tomonidan uyushtirilgan o’quv dasturlarida qatnashishi kerak. Bundan tashqari ular hanafiy mazhabi va Motrudiy aqidasini ushlagan bo’lishlari zarur.

Turkiston:

Xalq ichida, “Yegan og’iz uyaladi” degan maqol bor. Imomlar xukumat vakilligining bir tarmog’iga aylantirilishmoqda. Bundan ikki maqsad ko’zlanadi.

Birinchisi: saylovda, ularning xammasini xozirgi xokimiyatdagi etakchi partiya uchun xizmat qilishga majbur bo’lishadi. Xuddi byudjetdan oylik mao’sh oladigan barcha ziyolilar va ishchilar qatlami singari.

 Ikkinchidan: Islom va Musulmonlarga qarshi, xalqaro dunyo sistemasi tomonidan topshiriladigan majburiyatlarni bajarishda shu imomlar armiyasidan foydalanishadi. Yana xuddi yuqoridagi, davlatga ko’zqarandi bo’lgan qatlamlar bilan bir safda turib. Lekin bu dindorlar yuqoridagi xukumat qo’l ostidagi qatlam vakillariga nisbatan, Islom dini uchun keltiradigan zarari sezilarli darajada ko’proq bo’ladi. Chunki ular, kufr xarakatlari uchun islomiy fatvolar chiqarish bilan, Musulmonlarni chalg’itish, ularni g’oyri islomiy fikr va xarakatlarga rozi qilish uchun xorlarcha ishlatilishadi. So’ng ishlari tugagach yoki siyosat o’zgarishi bilan, xuddi kuzda xaydab yuboriladigan eshshakdek xaydab yuborilishadi. Buni, O’zbekiston misolida ko’rib kelayapmiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.