Halab uchun 20ta guruh birlashdi

666
0

Suriyada Idlib shahrini Asadning qo’lidan tortib olganlaridan so’ng yana ham ilgarilab borayotgan Jihodiy guruhlar endilikda Halab shahrini to’liq qo’lga kiritish uchun kuchlarini birlashtirmoqda. Asad rejimiga qarshi kurash olib borayotgan Islomiy guruhlardan 20ta jamoa aynan shu maqsadda birlashib 10 ming kishiga yaqin lashkarni tashqil qilishdi.

Al-Jazira axborot agentligining xabar qilishicha, turli frontlarda Jihodiy guruhlarning ilgarilab borishi davom etar ekan, diqqatlar bir yarim yildan buyon Asad kuchlari tarafidan qamal ostiga olingan Halabga qaratildi. Oralarida Ansorul Xilafa, Jabhatun Nusra, Ahrorush Shom va Jayshul Islom kabi taniqli jihodiy guruhlar bo’lgan mazkur jamoalar 10 ming kishiga yaqin lashkar bilan uzoq vaqtdan buyon qamalda tutilib kelinayotgan Halab shahriga hujubm boshlash uchun tayorgarlik ko’rayotgani aytilmoqda.

“Birinchi o’rinda qiladigan ishimiz vaqtni qo’ldan boy bermay Halabni mutlaqo ozod qilishdir”, dedi mushtarak amaliyot markazining harbiy mas’uliyati yuklatilgan polkovnik Yosir Abdurrahim.

Polkovnik Abdurrahimning ta’kidlashicha, olib boriladigan harbiy amaliyot chog’ida tinch fuqarolarning jabr ko’lishini oldini olish uchun qattiq harakat olib borilmoqda. Unga ko’ra, tinch fuqarolar bu urushlardan etarlicha aziyat chekdi, imkoni boricha tinch fuqarolarning talofat ko’rishini oldi olinishi lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.