Ko’rfaz davlatlari kengashi Ar-Riyozda yig’ilish o’tkazdi

488
0

“Ko’rfaz hamkorlik kengashi”ga a’zo davlatlar rahbarlari Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyozda anjuman o’tkazishdi. Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz anjumanning ochilish nutqida mazhabchilikdan kelib chiqqan bo’linishga diqqatni jalb qildi.

“Xalqlarimiz va davlatlarimizning yutuqlarini himoya qilish uchun, mazhabchilik urug’larini sochib, xavfsizlik va barqarorlikka putur etkazish orqali o’z nufuzini kengaytirishga urinayotgan tashqi kuchlarga qarshi kurashish uchun ikki barobar kuch sarflashimiz lozim”, dedi qirol Salmon.

Qirolning ta’kidlashicha, Saudiya boshchiligida amalga oshirilgan “Barqaror bo’ron” harbiy amaliyoti koalitsiya kuchlarini maqsadlariga etkazgan va endi esa navbat “Orzuning ushalishi” amaliyotiga kelgan. Qirol o’z nutqida “Barqaror bo’ron” harbiy amaliyoti ortidan boshlangan “Orzuning ushalishi” amaliyoti sababli taraflar o’rtasida milliy dialog boshlanishiga umid bildirdi.

Ammo inson huquqlari bo’yicha BMT oliy komissarining matbuot kotibi Ravina Shamdasani Yamanga qilingan hujum oqibatida 646 nafar tinch fuqaro hayotdan ko’z yumganligini va 1364 kishi jarohat olganligini ma’lum qildi.

Ayni paytda doimo haqni aytishi bilan tanilgan falastinlik olim shayx Isom Umayra Quddusda qilgan xutbasida Arab davlatlari hokimlarini qattiq tanqid ostiga oldi. Shayx Umayraga ko’ra, Yamanga qilingan hujumda yahud samalyotlari ham ishtirok etgan.

“Axmoq hokimlar musulmonlarni qatl qilish, ularning uylarini er bilan yakson qilish va o’zlarini vatanlaridan quvg’in qilish uchun harbiy samalyotlarini Yamanga, Liviyaga va Suriyaga uchirib, so’ng buning nomini “barqarorlik” deb atashmoqda. Buni qanday tushinish mumkin?! Ularning axloqi naqadar tubanlashganiga va xiyonat dengiziga qanchalik botib ketganiga bir qarang. Amalga oshirgan harbiy amalyotlari bilan Oq uyning mukofotiga sazovor bo’lishdi. Hatto sionist yahudiylarning samalyotlari ham bu amaliyotda faol ishtirok etmoqda. Ularga Allohning la’nati bo’lsin! Biz haqiqiy ma’noda ularning taxtlarini qulatadigan va botil rejimlarni yo’q qiladigan haqiqiy ma’nodagi “Qudratli bo’ron”ni boshlashimiz lozimdir. U shunday bo’lsinki, boshimizdagi hokimlarni uchurib ketadigan dovulga aylansin”, dedi Shayx Umayra Quddusda qilgan xutbasida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.