Atambaev Moskvaga jo’nab ketdi, lekin qirg’iz fuqarolari xavotirda

423
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Oliy kengashi yig’ilishi va MDH a’zo davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun 7 may kuni ish safari bilan Moskva shahriga bordi. 8 may kuni bo’lib o’tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashining mazkur yig’ilishi ittifoq tashkil topganidan buyon ittifoqqa a’zo bo’lgan davlat rahbarlarining birinchi to’la tarkibli uchrashuvi bo’ladi. Bundan tashqari Atambaev 9 may kuni bo’lib o’tadigan g’alaba bayrami tadbirlarida ham ishtirok etadi.

Atambaev Moskvaga safar boshlashidan oldinroq rasmiy Moskva Qirg’izistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lish shartlarini buzishda ayblab chiqdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, YeOII sammitining asosiy mavzusi Qirg’izistonning ittifoqqa a’zo bo’lishida paydo bo’layotgan qiyinchiliklar bo’ladi.

“Ehtimol, asosiy mavzu Qirg’izistonni ittifoqqa qo’shilish masalasi bo’ladi. So’ngi kunlarda bu yo’lda qiyinchiliklar paydo bo’ldi va aniqki bu muxokama qilinadi”, – dedi Ushakov.

So’ngi kunlarda Qirg’izistonning asosan janubiy qismida yashovchi fuqarolar orasida millatchilik urushlariga undab yuborishi mumkin bo’lgan atayin provokatsiyalovchi biror harakatlar bo’lib ketishi mumkinligidan vahimalar kuchaygan. Bu vahimalar davlat apparatlari tomonidan ham, Qirg’iz etakchi guruhi vakillari tomonidan ham va milliy etakchi guruhlar tomonidan ham avj oldirib borilmoqda. Oddiy fuqarolar sarosima va tushunmovchilik holatida. Ikki millat bir-birlari bilan eski adovatlarni unutib, yana o’zlarini bir Ummat ekanliklarini his qila boshlagan edilar.

Bu kabi qo’poruv amaliyotlaridan vahima qilish uchun asoslar bor, albatta. Lekin bu gumonlar va asoslarning birortasi, aytaylik O’sh yoki Jalolobod viloyatlarida istiqomat qilayotgan o’zbek yoki qirg’iz millatlariga mansub fuqarolar tomonidan atayin uyushtirilishi mumkin emas! Negaki avvalgi milliy urushlar oqibatlaridan qolgan yaralar deyarli bitib ketdi. Endi qandaydir bir kuchlar bu yaralarni qaytadan tirnay boshladi. Bu g’alamis kuch vakillari kimlar bo’lishi mumkin?!

Ana shu provokatsiyachi kuchlar kim bo’lishi mumkin ekanini biz sizlar bilan aniqlab olishga muvaffaq bo’lsak, ularni bu nayranglari bilan bizni va hukumatni shantaj qilishlariga yo’l bermagan bo’lar edik!

Hukumat vakillari bu kabi vahima yoki shantajlarni uyushtirayotgan quvvatlar kimlar ekanligini juda yaxshi bilishadi. Lekin o’zlarini zaif va o’sha kuchlarga bog’lanib qolganliklaridan, bu haqiqatni yashirishga majbur bo’lishadi. Undan ham yomoni bu provokatsion yurishlarga qo’shilib, iflos kuchlar tomonidan tuzilgan rejalarni bevosita amalga oshirib berishda ham jonbozlik ko’rsatishadi.

8 may kuni imzolanishi kerak bo’lgan hujjatlarning imzolanmay qolish ehtimoli Rossiya tomonidan uyushtirilishi mumkin bo’lgan har xil provokatsion qo’poruv amaliyotlar yoki boshqa kutilmagan xodisalar vahimasini paydo qildi. Qirg’iziston prezidenti va hukumati uchun bu vahimalar tarqatilishi Rossiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi uchun oxirgi hujjatlarni imzolanishi uchun bir bosim bo’ldi deyish mumkin.

Demak, qo’poruvchilik amaliyotlarining amalga oshishi yoki uni oldini olish mumkinchiligi hozirgi vaziyatda prezident va hukumatning qo’lida turipti deyish mumkinmi? Yo’q, albatta!

Ular ham bizlar singari vaziyat qurbonlariga aylanishdi! Vaziyat esa Rossiya yoki AQShning manfaatlaridan birini tanlashimizni taqozo etib turipti. Qumtor masalasi ham, Xalqaro savdo tashkiloti shartnomasining buzilishi ham, Xitoy va boshqa davlatlar bilan Qirg’iziston o’z manfaatlari yo’lida imzolagan bir qator shartnomalar taqdiri ham, ularning buzilishi ortidan keladigan bir qancha malomat va moliyaviy ziyonlar ham Qirg’iz davlatining zimmasiga tushib borayapti.

Biz, Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi nomidan avvalom bor musulmonlarni, xalqni va hokimiyat vakillarini xotirjamlikka chaqiramiz. Chunki kufr sistemasi va uning etakchi davlatlari bizlarning ustimizda ish olib borishmoqda. Ular bizni vahimaga solish orqali eng zaif nuqtalarimizni o’rganib chiqqach, aynan o’sha zaif nuqtalarimizga zarba berishmoqchi. Millatchilik, irqchilik, tabaqachilik, mazhabparastlik, urug’chilik, dinlararo adovat… va hokazo o’zaro adovat va kelishmovchiliklarimiz kufr davlatlari uchun juda qo’l kelishi mumkin. Shuning uchun kufrning rejalarini muvafaqqiyatli amalga oshib borishida bizlarning yuqoridagi keltirilgan shar’an harom adovatlarning birortasi asosida bir-birlarimiz bilan muomila qilishimiz mumkin emas. Ayniqsa hukumat va kuch organlari fuqarolarga bo’lgan muomilasini o’zgartirishlari kerak!

Ular yuqoridagi tashqi kuchlar tomonidan uyushtirilayotgan yoki kutilayotgan xunrezliklarning hammasini ochiq bayon qilib, o’z xalqiga zulm qilishdan tiyilishlari lozim. Chunki fuqarolar va hokimiyat o’rtasidagi jarlikning kengaytirib borish Qirg’iziston manfaatlariga teskari. Aksincha aynan mana shu keskinlik va jarlik kufr davlatlari uchun qo’l kelishi aniq.

Hizb ut-Tahrir nomidan yana shuni aytamizki, Qirg’izistonda Hizb tomonidan shu kunga qadar biron marotaba moddiy (qurollik, qo’poruv…) amaliyotlar bo’lgan emas, bundan buyon ham bo’lmaydi.

Xalq ichida islomiy harakat yoki jamoalar orasida ham bunday moddiy faoliyatlar uyushtirishdan manfaatdor biror harakat mavjud emas. Faqat kufr davlat (uchinchi kuch)lar tomonidan uyushtirilishi mumkin. Shuning uchun biz sizlarni bu kabi amaliyotlardan ogohlantirib, bu harakatlarga to’g’ri baho berishga chaqiramiz. Negaki kufr bosqinchilari avval bizlarni shu amaliyotlarni bajara olishi mumkin bo’lgan islomiy yoki milliy harakatlar bor, deb ishontirib olishadi. Muvaffaqiyat qozona olishsa, amalda qo’poruv ishlarini uyushtirib, keyin uni ma’lum bir o’sha islomiy yoki boshqa kuchlarga ag’darishga urunishadi.

Demak, xali ham vaziyatni o’nglash o’z qo’limizda ekan. Kelinglar, birlashaylik! Chunki ular bizni bir-birimizga bo’lgan adovatlarimizdan foydalanib qolishmoqchi. Kufr olami bunday o’zaro adovatlarimizsiz bizlarga hech qanday ziyon etkaza olmaydi. Chunki o’shanda ular bizni bir-birlarimizga qarshi harakatlantira olishmaydi. Yolg’ondan uyushtirish uchun olib borayotgan har qanday qabix harakatlaridan ular kutayotgan natija chiqmaydi, inshaAllox.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.