Afg’onistonda o’zaro janglarni to’xtatish maqsadida afg’on hukumati vakillari va Tolibon harakati vakillari ishtirokida Qatarda tashkil qilingan uchrashuv samarasiz yakun topdi. Xabarlarga ko’ra, Tolibon harakati AQSh xarbiylarining mamlakatdan chiqib ketishini talab qilgan. Ammo afg’on hukumati bu talablar qondirilishini qat’iyan rad etgan.
Qatar tashqi ishlar vazirligi tarafidan uyushtirilgan norasmiy uchrashuvda Afg’onistondagi tinchlik muzokaralarini dastaklagan AQSh va Pokistondan kelgan vakillar ham ishtirok etdi. Tolibon mas’ullaridan biri Tolibon tarafidan sakkiz kishilik bir hay’at yig’ilishda ishtirok etganligini ma’lum qildi.
Imsi oshkor qilinishini istamagan Tolibon mas’ullaridan birining bildirishicha, Tolibon tarafi qo’ygan talablar yozma ravishda yig’ilishda ishtirok etgan kishilarga taqdim etilgan. Afg’on hukumat vakillarining talablariga ko’ra esa, Tolibon taraf ularga “Birodarlarimiz” deya murojaat qilishlari va Afg’oniston konstitutsiyasini tan olishlari lozim.
Tolibon vakillarining ta’kidlashicha, modomiyki, xorijiy askarlar mamlakatni tark etmas ekan, jangu jadal davom etaveradi. Afg’on hukumati esa hozirda mamlakatda faqatgina afg’on harbiylarini mashqdan o’tkazadigan xorijiy qo’mondonlargina qolganligini aytishmoqa. Ularga ko’ra, Tolibon bilan kurash yakunlanishi bilan ular ham qisqa bir vaqt ichida mamlakatdan chiqib ketishadi.