Bosqinchi Xitoy hukumati 1949 yili Sharqiy Turkistonni mustamlaka qilib olganidan buyon Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan jirkanch va yovuz kurashini yildan-yilga kuchaytirib bormoqda.
Mustabid hukumat dastlab musulmon uyg’urlar sonini qisqartirish maqsadida “Bir oilaga – bir bola” siyosatini majburan tatbiq etgan bo’lsa, boshqa yoqdan mintaqaga Xitoy xanlarini ommaviy ko’chirib kela boshladi. Buning natijasida mintaqada ko’pchilikni tashkil etuvchi uyg’ur musulmonlari soni keskin qisqarib ketdi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi oltimish yil ichida 25 millionlik uyg’ur musulmonlari 15 millionga tushib qolgan. Bundan tashqari mushrik hukumat uyg’urlarni millat sifatida yo’q qilish maqsadida xanlar bilan aralash oila qurishni keng targ’ib qilib, bunday oilalarga moddiy ko’mak va pul va’da qilib kelmoqda.
Uyg’ur musulmonlari soni va ko’payishini cheklashga muvaffaq bo’lgan bosqinchi hukumat AQSh tomonidan sahnalashtirilgan 2001 yil 11 sentyabr xodisalaridan so’ng “diniy ekstremizm va terrorizmga barham berish” degan yolg’on atamadan ochiqdan-ochiq foydalanib Islom va musulmonlarga qarshi kurashini yanada avj oldirib yubordi. Bndan maqsad musulmonlarni o’zlarining mustahkam islomiy e’tiqodlaridan voz kechishga majburlashdir. Bu maqsadda avval masjid va madrasalarni yopish, Qur’on va Hadisdan ta’lim beruvchi imomlar va ilmli kishilarni ta’qib ostiga olgan bo’lsa, keyinchalik saqol qo’ygan erkaklar va islomiy libos kiygan ayollarni jamoat joylari va jamoat transportlarida yurishi ta’qiqlandi. Faqat shu bilan kifoyalanib qolmagan mushrik hukumat davlat xizmatchilari yoki 18 yoshga to’lmagan har qanday shaxsni masjidlarga kirishdan man qildi, talabalarni, muallimlarni va hukumat xodimlarini ramazon oyida ro’za tutishiga to’siq qo’ydi. Diniy ulamolarni ko’cha va maydonlarda raqsga tushishga majbur qilindi va bolalarga diniy saboq bermaslik xususida ont ichtirildi. Bu talablarni bajarmaganlarni ta’qib va tazyiq ostiga olib, jarima va hatto ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolay boshladi.
Xudosiz kommunistlar tarbiyasini olgan rasmiy hukumat endilikda uyg’ur musulmonlardan o’z do’kon va oshxonalarida alkagol va tamaki sotishni talab qilmoqda.
“Bi-bi-si” radiosining xabariga ko’ra, uyg’ur musulmonlariga o’z do’konlarida alkogol, tamaki sotishni buyurishgan. Aks holda do’konlari yopilib, o’zlarining javobgarlikka tortilishlari bilan ogohlantirishgan.
Xabarlarga ko’ra, bunday buyruq bilan o’tgan hafta Shinjon-Uyg’ur bo’lgasining Xo’tan shahridagi Oqtosh qishlog’i mas’ullari chiqishgan. Ular o’z buyruqlarini xos bir bayonotda ifodalashgan.
‘Radio Free Asia’ qo’lga kiritishga imkonli bo’lgan va “Tvitter”da ham chop etilgani aytilgan bayonot tafsilotlaridan ayon bo’lishicha, Lasko’y bozoridagi mahalliy uyg’ur do’kondorlaridan besh xil turdagi alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlarini sotishlari so’ralgan.
Bundan tashqari, restoran va do’kon sohiblariga bu maxsulotlarni rastalarni eng ko’zga ko’rinarli eriga joylashlari ham aytilgan.
Xabarlarga ko’ra, buyruqni ijro etishlari uchun “qishloqdagi barcha restoran va supermarketlarga shu yilning 1 may kuniga qadar muhlat berilgan”.
Agar, ‘Radio Free Asia’ning xabarlariga tayanilsa, mazkur farmoyish Oqtosh qishlog’i kommunistik partiya qo’mitasi tomonidan imzolangan.
Unda buyruqning boshqaruvdagi kommunistik partiya yuqori bo’g’inlaridan kelgani va bundan maqsad aholiga yanada qulaylik yaratish ekani aytilgan.
Oqtosh qishlog’idagi kommunistik partiya mulozimi Odil Sulaymonning so’zlariga tayanilsa, yangi siyosatlari mintaqada Islom ta’sirining kuchayishini oldini olish maqsadini ko’zlaydi.
‘Radio Free Asia’ o’z xabarida bu mas’ulning so’zlariga alohida to’xtalib o’tadi.
Unda janob Sulaymon mahalliy aholining noroziligi bois, 2012 yildan buyon alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi to’xtab qolgani, hozir “mintaqada dinning ta’sirini qirqish yo’lida kampaniya olib borishayotgani va so’nggi buyruq ana shu ishlarining bir qismi ekani”ni aytadi.
Kommunistik partiya mulozimiga ko’ra, aksariyat mahalliy aholi spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari iste’molidan o’zlarini tiyisharkan, yoshlarning 70-80 foizi ham ularning yo’lini tutishgan va ularni harom, deb bilishadi.
Mushrik hukumat tomonidan olib borilayotgan bunday zulm va qirg’inlarga qaramay uyg’ur musulmonlarining o’z din va e’tiqodlarida sabot bilan turishlari battol rejimning tinchini o’g’irlab qo’ydi. Shu sababli ham rasmiy hukumat dunyo hamjamiyati sukuti ostida o’z jinoyatlarini davom ettirib kelmoqda.