AQSh Davlat departamentining delegatsiyasi Markaziy Osiyoning beshta davlatida bo’ladi

450
0

“Farg’ona” axborot agentligi xabariga ko’ra, AQSh Davlat deportamentining mahkamalararo guruhi Afg’oniston bo’yicha ikki tomonlama konsultatsiyalar o’tkazish uchun 2015 yilning 20—24 aprel kunlari Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda bo’ladi.

Delegatsiyani AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi muovini Danel Rozenblyum hamda Afg’oniston va Pokiston bo’yicha Maxsus vakilining o’rinbosari Lorel Miller boshqaradilar.

Ushbu konsultatsiyalar so’nggi besh yil davomida olib borilmoqda, ular Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlarining iltimosiga ko’ra boshlangan.

Mahakamalararo guruh Afg’onistondagi so’ngi voqealarni, shu jumladan, milliy birlik hukumatini shakllantirish, xavfsizlik sohasidagi bugungi ahvol va NATOning Afg’onistondagi yangi missiyasini muhokama qilib oladi.

AQSh Davlat departamenti relizida aytilishicha, Amerika Qo’shma Shtatlari umumiy muammolar va tahdidlarni hal qilishda hamda Markaziy Osiyo respublikalari hukumatlari bilan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalarida yaqindan hamkorlikka umid qiladi.

Daniel Rozenblyumning Toshkentga avvalgi safari davomida 308 ta zirhli mashinalari hamda 20 ta zirhli remont-evakuatsiya transport vositalari O’zbekistonga berilishi ma’lum bo’lgandi. Rozenblyum o’shanda ushbu zirhli mashinalar terrorizm va narkobiznesga qarshi kurashda foydalaniladi, deb bildirgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.