Putin Eronga S-300 etkazib berishga ruxsat berdi

477
0

Kreml rasmiy sayti xabariga asoslanib “lenta.ru” saytining ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronga S-300 raketa majmualarini etkazib berishga qo’yilgan cheklovni bekor qilgan.

“Bu qarorga ko’ra, Rossiyadan Eron islom respublikasiga havo yo’llari, quruqlik va suv orqali C-300 raketa qurilmalarini etkazib berish bo’yicha o’rnatilgan taqiq bekor bo’ladi. Endi Rossiya bayrog’i ostidagi kemalar va samolyotlar va boshqa yuk tashuvchilar orqali Eronga shunday raketalarni etkazib berish mumkin”, deyiladi xabarda.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medevdev 2010 yilning sentyabr oyida BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya doirasida Eronga C-300 raketa majmualarini etkazib berishga ta’qiq o’rnatgan edi. Aslida BMT XK qabul qilgan rezolyutsiya raketa majmualarini etkazib berishni man qilmagan (chunki bu mudofaa quroli hisoblanadi) edi. Ammo rasmiy Kreml AQSh bilan aloqalarini iliqlashtirish maqsadida keskinroq chora ko’rgan edi.

Bu esa o’z navbatida Eronga jo’natish uchun tayyor holga keltirilgan S-300PMU-1 raketa tizimining besh divizionini (2007 yili taxminan 800 million dollarlik kelishuvni) to’xtatib qo’yilishiga olib kelgan. Rasmiy Texron Moskvaning bunday qarorini keskin tanqid qilib, Jenevadagi xalqaro arbitraj sudiga da’vo arizasi kiritgan, da’vo arizasida Rossiya kelishuv shartlarini bajarmaganligi sababli to’rt milliard dollar tovon puli to’lashi talab qilingan edi.

Biroq, Rossiyaning o’sha vaqtdagi prezidenti Medvedev tomonidan kiritilgan cheklov S-300 raketa majmualarini qaysi turini o’z ichiga olishi aniq ko’rsatilmagan edi. Shu sababli ham S-300PMU-1 etkazib berish ta’qiqlanganidan hech qancha vaqt o’tmay, Rossiya Eronga S-300VM raketa majmualarini sotib olishni taklif qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan qaror, AQSh boshchiligidagi “olti qudratli davlati” xalqaro sanktsiyalarni yumshatish evaziga Eronning yadroviy dasturini qisqartirish borasida bitim imzolanganidan ikki hafta o’tib qabul qilindi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Nikolay Patrushevning ma’lim qilishicha, raketa majmualarini jo’natishga tayyorgarlik olti oyga cho’zilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.