Sankt Peterburgda Hizb-ut Tahrir a’zolari qamoqqa olindi

534
0

O’tgan hafta Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida Rossiya xavfsizlik kuchlari ikki musulmon yigitning uyiga zo’rovonlik bilan bostirib kirishdi. Bosqin jarayonida uylarni tintuv qilgan huquq tartibot organlari har bir musulmonning uyida bo’ladigan islomiy adabiyotlardan boshqa hech narsa topa olmadi. Biroq shunday bo’lishiga qaramay, Hizb-ut Tahrir a’zosi bo’lgan Dimitriy Mixailov va Isa Rahimovni majburan olib ketildi.

Qamoqqa olingan yigitlar Rossiya jinoyat kodeksining 205,5 moddasiga binoan, terrorchi guruhga a’zo bo’lish va shu guruh tarkibida faoliyat olib borishda ayblanib ular ustidan jinoiy ish qo’zg’atildi. Kirov mahkamasi tergor ishi tugagunga qadar yigitlarni bir oy qamoqda ushlab turish haqida qaror chiqardi.

Rossiyada faoliyat olib borayotgan Hizb-ut Tahrir uyushmasining matbuot bo’limi bu haqida bayonot chiqarib Rossiya milliy xavfsizlik kuchlarining o’zboshimchaliklarini tanqid ostiga oldi.

Bayonotda aytilishicha, terrorchilikda ayblanib qamoqqa olingan musulmon yigitlar o’zlari istiqomat qilayotgan mintaqaning e’tiborga loyiq yigitlaridan bo’lgan. Jamoatchilik ishlari va jamiyat uchun foydali bo’lgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan.

“Ular Musulmonlarni va Islomiy qadriyatlarni muhofaza qilish bo’yicha tashkil qilinadigan tadbirlarda faol ishtirok etishardi. Atroflaridagi insonlarga Islom da’vatini etkazar, yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytrishar edi. Ular mana shu mana xolis ishlari uchun aybdor hisoblanib qamoqqa olindi”, deyiladi jumladan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.