Qirg’iziston va AQSh ikki tomonlama maslaxatlashuvlar o’tkazadi

415
0

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev boshchilik qilayotgan delegatsiya mamlakatlar o’rtasida o’tkaziladigan yillik ikki tomonlama maslaxatlashuvlarda ishtirok etish uchun Vashingtonga jo’nab ketdi. Yig’ilish 8-10 aprel kunlari bo’lib o’tadi.

Matbuot xizmatiga ko’ra, uchrashuv doirasida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy masalalari, shuningdek, xavfsizlik, demokratiya va inson huquqlari sohasida hamkorlik masalalari muxokama qilinadi.

Turkiston:

AQSh hukumati Rossiya boshchiligida tashkil etilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini kengayishiga yo’l qo’ymaslik va beshigidayoq bo’g’ib tashlash uchun Qirg’izistondan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Qirg’iziston kuch organlari, jumladan Ichki ishlar vazirligidan foydalangan holda mamlkatda, xususan uning janubiy viloyatlarida Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamli kurashni boshladi va bu harakatlarni oqlash uchun AQSh tomondan ilgari surilgan islomiy xatarni qasddan bo’rttirib ko’rsatish kampaniyasini avj oldirib yubordi. Bu ishda ayniqsa AQSh kongressi tomonidan moliyalashtirib kelinadigan “Ozodlik” radiosining qirg’iz xizmati jonbozlik ko’rsatib kelmoqda.

AQSh tuzib bergan loyiha bo’yicha IIV Hizb ut-Tahrir a’zolarini ta’qib ostiga olib, Shayx Roshod qori Kamolovni asossiz ayblovlar bilan qamoqqa oldi. Bu orqali AQSh va kuch organlari musulmonlardan salbiy munosabat bo’lishini va hatto tartibsizliklar vujudga kelishini kutishgan edi. Ammo, ularning bu rejasi ish bermadi. Agar ular kutgan reja amalga oshib Qirg’izistonda tartibsizliklar boshlanib ketganida o’z-o’zidan Qirg’izistonni may oyidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishi va Rossiya hukmronligi ostida tuzilgan bu tashkilotning kengayishi va hatto mavjud bo’lib qolishi savol ostida qolar edi.

Ammo AQShning bir rejasi amalga oshmagan bo’lsada, unga muqobil ravishda tayyorlab qo’ygan yana boshqa bir qancha rejalari bo’lishi tabiiy. Qirg’izistondan AQShga biri qo’yib, biri borayotgan delegatsiyalar ham, AQSh rasmiy doiralaridan berilayotgan turli xil bayonotlar ham bunga dalolat qilib turipti. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari va xususan musulmonlar hushyor bo’lishmasa, AQSh tomonidan qo’yilgan birorta qopqonga tushib qolishlari mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.