Xitoy va Qozog’iston o’rtasida 23,6 milliard dollarlik bitim imzolandi

518
0

Xitoy va Qozog’iston bosh vazirlari 33 sohada 23,6 milliard dollarga teng hamkorlik bitimiga imzo chekishdi. Bitim Qozog’iston bosh vaziri Kerim Masimovning Xitoyga uyushtirgan safari chog’ida amalga oshirildi.

Po’lat, rangli metallar, shisha plitalar, neft tozalash, gidrotexnika va avtomobil kabi sohalarni o’z ichiga olgan bitim Qozog’iston bosh vaziri Kerim Masimov va Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan ishtirokida imzolandi.

Xitoy bosh vaziri Ketsyan o’rtada tuzilgan bitim haqida so’z yuritar ekan, “Bu bitimlar uchun chekilgan imzolar ikki davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalar muvaffaqiyatlarini isbot qilishi aniqdir”, dedi.

Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan 2014 yil dekabr oyida O’rta Osiyo o’lkalariga safar qilib, Qozog’iston bilan Xitoy o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va tijorat hajmini 18 milliard dollardan oshirish borasida uchrashuvlar olib borgan edi.

Ketsyan ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik va bozordagi o’zgarishlar haqida e’tiborli bo’lish lozimligini ta’kidladi. Tuzilgan bitimlarga doir so’z yuritgan Qozog’iston bosh vaziri Masimov esa bu bitim butun mintaqaga o’rnak bo’lishiga urg’u berdi.

“Bu bitim o’zaro hamkorlik imkoniyatlarini kuchaytirish uchun juda yaxshi boshlang’ich qadam bo’ldi. Shuningdek, hamkorlik borasida rivojlanishni qayd etish mavzusida ham mintaqaga o’rnak bo’ldi”, “Pokiston ham Xitoy bilan strotegik hamkorlikni kuchaytirish va har sohada hamkorlik qilishga tayyor”, dedi Qozog’iston bosh vaziri Masimov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.