“Ayol va Shariat: Haqiqatni nohaqdan ajratish”

504
0

2015 yil 11 fevral kuni Hizbut Tahrir markaziy matbuot bo’limining ayollar qismi keng ko’lamli kompaniya boshlagan edi. Bu kompaniya Allohning izni ila 28 mart kuni “Ayol va Shariat: Haqiqatni nohaqdan ajratish” nomli xalqaro ayollar konferentsiyasi bilan tamomiga etadi.

Mazkur konferentsiyani o’tkazish uchun ajoyib uslub tanlandi. Konferentsiya Sharqdan G’arbgacha aynan bir vaqtning o’zida beshta davlatda o’tkaziladi. Ular o’rtasini elektron aloqalar bog’lab turadi. Notiqlar jonli chiqishlari bilan butun dunyoga xitob yo’llashadi.

Konferentsiyada Islomiy shariatni ayollarga zulm deya tavsiflagan G’arb yolg’onlari fosh qilinadi va Islom tarafidan tan olingan ayollarning huquqlari va hayotdagi rollari Islomiy dalillar, tarixiy namunalar yordamida taqdim qilinadi. Shuningdek, konferentsiyada ayollarga xos Islomiy hukmlarga qaratilgan ta’na malomatlar muhokama qilinib, ijtimoiy aloqalarga oid Islom hukmlari va bularning ayollar, bolalar, oilaviy hayot va jamiyatdagi ta’siri ustida bahs yuritiladi.

Xususan konferentsiyada Islomning ayollarga muomalasini buzib ko’rsatish uchun ishga solingan “teng huquqlilik”, “Ayol erkinligi”, kabi fikrlarga keng o’rin beriladi. Eng muhimi hozirgi jamiyatning turli qatlamlarida ayollar duch kelayotgan son-sanoqsiz muammolarni qanday hal qilinishi va ayollarni zulmdan qutqarishning haqiqiy yo’li ham yoritib o’tiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.