Atamboev sarmoyadorlarni cho’chimaslikka chaqirdi

0
538

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Bosniya va Gertsegovina, Daniya, Kipr Respublikasi, Bruney, Fiji, Ummon, Indoneziya, Chexiya va Argentinaning yangi tayinlngan favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Almazbek Atambaev elchilarni yangi faoliyat boshlayotgani bilan tabriklab, Qirg’iziston o’zaro manfaatli hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Bizning mamlakatda xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish va ular bilan qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun etarli imkoniyatlar va sharoitlar mavjud”. – dedi u.

Shuningdek, prezident Qirg’iziston sarmoyadorlar uchun mutlaqo ishonchli ekanini, bu erda sarmoyadorlarni qo’llab-quvvatlash uchun tegishli qonunlar qabul qilinganini aytdi.

Turkiston:

Qrimni anneksiya qilib olinishi ortidan AQSh va Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi qo’llagan jazo choralari va jahon bozorida neft narxini keskin tushib ketishi asosan xom ashyo eksportiga ixtisoslashib qolgan Rossiya iqtisodini tang ahvolga solib qo’ygan bo’lsa, rubl qadrini keskin tushib ketishi mehnat muhojirlarini qiyin vaziyatga solib qo’ydi.

 Shu sababli ham Rossiyada asosan qora ishlarni bajarib kelayotgan mehnat muhojirlari ommaviy ravishda ortga qayta boshlashlari ortidan Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari oldida yana bir jiddiy muammo paydo bo’ldi. Chunki, mehnat muhojiriligidan qaytib kelayotgan fuqarolar asosan oilali, kuch-quvvatga to’lgan yoshlardan iborat bo’lib, rasmiy hukumat ularni ish bilan ta’minlashi, ish topib bera olmagan taqdirda esa vaqtinchalik ishsizlik nafaqasi bilan kafolatlab berishi zarur bo’ladi. Agar rasmiy hukumat ularni ish yoki nafaqa bilan ta’minlab berolmasa oqibati nima bo’lishi ko’pchilikka ma’lum.

Shuning uchun ham Atambaev xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga intilmoqda. Bu esa yomg’irdan qochib, do’lga tutilish bilan barobar. Chunki xorijiy sarmoyadorlar o’zalari yotqizgan mablag’ni bir necha barobar qilib chiqarib olishga ko’zlari etmasa, bir dollar ham mablag’ sarflamaydilar. Bu esa Qirg’izistonda mavjud tabiiy boyliklardan faqatgina xorijiy kompaniya va davlatlar manfaat ko’rishlariga olib keladi. “Qumtor” oltin koni bo’yicha erishilgan kelishuvlar bunga dalil bo’lishi mumkin.

Izohlar yo'q