Germaniyada “xolokost”ni, ya’ni Gitlerning yahudiylarga nisbatan amalga oshirgan qatliom da’vosini inkor qilgan va “xolokost” da’vosining haqligiga doir dalillar etarli asosga ega emasligini ilgari surgan huquqshunos ayol Myunxen viloyat sudi tarafidan 20 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sobiq nemis advokati Silvia Stolz 2012 yili Shvetsariyada o’tgan bir kongresda “xolokost” haqida nutq so’zlagan edi. O’sha nutqidan so’ng Stolz “xolokost”ni inkor qilganlikda va yahudiylarga nisbatan nafrat uyg’otishga tashviqot yuritganlikda ayblanib sudga tortildi. So’nggi ko’rib chiqilgan sud xulosasiga ko’ra, Stolz 20 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Advokat Stolz qilgan nutqida Gitlerning yahudiylarni yo’q qilishiga doir dalillar etarli asosga ega emasligini bildirib, bu borada qilingan da’volar yolg’ondan iborat ekanligini aytgan edi. Nemis advokatining qayd etishicha, “xolokost”ni inkor qilish o’zining shaxsiy fikridir. Bu esa so’z erkinligi doirasida baholanishi lozimdir.
Olingan xabarlarga ko’ra, Stolzning turmush o’rtog’i ham “xolokost”ni inkor qilganligi uchun qamoqqa olingan. U ayni da’vo bilan 2008 yilda ham sudga tortilgan.
“Xolokost”ni inkor qilish Yevropa davlatlarida, jumladan Germaniyada jinoyat hisoblanadi. Gitlerning yahudiylarga nisbatan amalga oshirgan qatliom da’vosini inkor qilgan kishiga jinoiy ish qo’zg’atiladi. Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Payg’ambar s.a.v. sha’niga uydirilgan tuhmatlarga nisbatan qo’llangan demokratiya va so’z erkinligi bu paytda tan olinmaydi.