Matbuot hujumi avj olmoqda

454
0

O’sh viloyati Qorasuv shahrida joylashgan “As-Sarahsiy” masjidi imomi Roshod qori Kamolov hibsga olinganidan so’ng, rasmiy hukumat tomonidan unga qarshi matbuot hujumi avj oldirib borilmoqda. Betaraf guvohlar tomonidan“Feysbuk” tarmog’iga joylashtirilgan videorolikda Roshod qorining uyida tintuv ishlari olib borilganidan so’ng O’sh shahar IIB boshlig’i uydan hech narsa topilmagani haqida aytgan bo’lsada, amalda hukumatga tobe bo’lgan televideniya va matbuot orqali Roshod qorining uyi tintuv qilingan vaqtda ko’plab taqiqlangan kitoblar, disk va varaqalr chiqqani to’g’risidagi lavha va xabarlar to’xtovsiz tarqatib borilmoqda.

Bundan tashqari xali biror aybi isbotlanmagani holda Roshod qorini ekstremizm, Qirg’izistonda Xalifalik qurishga chaqirganlik hamda Suriyadagi janglarga da’vat qilish va odam jo’natganlikda ayblab ulgirishdi.

Qirg’iziston konstitutsiyaga binoan hali aybi sudda e’lon qilinmagan odam – aybsizdir, deb belgilab qo’yilgan bo’lishiga qaramay, bundan tashqari tergov ham yakunlanmay turip, IIV 10 – bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Rahim Salimov “Azattk”ga bergan xabarida, “Roshod Kamolov bo’yicha bizda ko’p ma’lumotlar bor. U odamlarni ochiqchasiga xalifalikka chaqirgani, konstutitsion tuzumga qarshi chiqish bo’yicha ko’plab da’vatlarni olib borgani bo’yicha dalillar bor. Shular asosida jinoiy ish qo’zg’adik. Bunga qo’shimcha uning ustidan xalq ham, “bolalarimizni boshini aylantirib Suriyaga jo’natib yuboryapti”, deb shikoyat qilishdi. Roshod qori o’zining imomlik xizmatidan foydalanib, juda ko’p kishini Suriyaga jo’natgan. Hozir bizga o’ndan oshiq fuqaro “Kamolov qarindoshlarimizni, bolalarimizni aldab Suriyaga jihodga jo’natib yubordi”, deb shikoyat yozdi. Yana bir guruhi ariza yozishdan qo’riqib turipti. Bundan tashqari, Kamolov Suriyadan boshqa Iroq va Afg’onistonga ham odamlarni jo’natgan bo’lishi mumkin”, – dedi, holbuki qonunga muvofiq tergov yakunlangunga qadar Salimov bu narsalarni sir tutishi kerak edi.

Rahim Salimov Roshod qori Kamolovni yomon otliq qilish bo’yicha maxsus topshiriq olgan ko’rinadi, shuning uchun ham Roshod qoriga nisbatan hech uyalmay xali isbotlanmagan ayblarni tiqishtirdi.

“Kamolov o’zini Qorasuvda “ruhiy etakchiman”, deb atab kelgan. U masjid ichida o’zini xudo singari hisoblab olgan odam ekan. Uning “dumlari” va shogirdlari har tomondan odamlarni topib, masjidga ergashtirib kelishgan, u bo’lsa kelganlarning miyasiga xalifalik g’oyasini quygan. Shundan so’ng masjiddan chiqqan odamlar Suriyaga oqib ketavergan. U nafaqt Batken, O’sh viloyatlaridan, balki boshqa yoqdagi odamlarni ham olib kelib, Suriyaga chiqarib turgan. Ota-onalar yig’lab, “uni yo’q qilsalaringchi, bo’lmasa butun Qorasuvni Suriyaga jihodga xaydab yuboradi”, dep turishipti. Hozir tergov ishlari davom etmoqda”, – dedi Rahimov.

Shu bilan birga Roshod qori Kamolovni ayblash va qamoqda ushlab turig oson bo’lishi uchun kuch organlari va OAVlari uni Qirg’iziston faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrirga bog’lashga harakat qilishmoqda. Biz shuni ma’lum qilamizki, Roshod qori Kamolov Hizb ut-Tahrir a’zosi emas va “CA-NEWS” hamda “Akipress” nashrlari iddao qilganlaridek, Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlatini barpo etishdagi o’z tariqatidan voz kechgani yo’q. Hizb o’z faoliyatini boshlaganiga 60 yildan oshgan bo’lishiga qaramay va o’z g’oyasiga etish yo’lida yana necha yil talab qilinsada Hizb ut-Tahrir o’z g’oyasi va bu g’oyaga etish yo’lidagi tariqatini zarracha o’zgartirmaydi. Avval qanday davom etgan bo’lsa, xuddi shunday fikriy va siyosiy kurashdan chetga chiqmaydi.

Suriya va Iroqda e’lon qilingan “Islomiy davlat”ga kelsak, bu tashkilot “Xalifalik”ni e’lon qilgan dastlabki vaqtdayoq Hizb ut-Tahrir unga nisbatan o’z munosabatini ma’lum qilgan. Bu to’g’risida Hizb “Turkiston” sayti orqali qirg’iz, rus va o’zbek tillarida o’z vaqtida xabar qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.