Boshqirdistonda Hizbut-Tahrir yigitlari qamoqqa olindi

445
0

Rossiya razvedka mas’ullari davlat ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Rossiya federatsiya tarkibidagi Boshqirdiston respublikasida musulmonlarga qarshi amaliyot o’tkazdi. Amaliyot chog’ida Hizbut-Tahrir uyushmasiga aloqadorlikda ayblanib 21 nafar musulmon yigit qamoqqa olindi.

Qo’lga olingan musulmon yigitlar Rossiya kodeksining 250,5 moddasiga ko’ra aybdor deb topilgan. Bu modda bilan ayblanganlar umrbod ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hizbut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi tarqatgan bayonotga ko’ra, Hizbut-Tahrir yigitlariga qaratilgan bunday bosqinchilik va zulmlar 10 yildan buyon davom etib kelmoqda. Buning sababi 2003 yilda rus mahkamasi tarafidan Hizbut-Tahrir uyushmasini terrorchi tashkilot deb e’lon qilinishidir.

“Matar” kanaliga intervyu bergan sharqshunos Aleksey Malashenko Boshqirdistonda amalga oshirilgan keng ko’lamli qamoqqa olishlar haqida so’z yuritar ekan, Hizbut-Tahrir uyushmasini terrorizmga aslo aloqasi yo’qligini urg’uladi.

“Men ularni aslo Terrorchi deb ayblay olmayman. Chunki ularning Xalifalikni tiklash uslublari tinch yo’llarga asoslangan. Hech qanday terror amaliyotlariga ularning aloqalari yo’q”, dedi sharqshunos.

Bundan ajablangan jurnalistning “U holda bu uyushmaga nima uchun Rossiyada terrorchi va radikal guruh sifatida qaraladi”, degan savoliga “Menimcha, bizning nazarimizda hamma narsa terrorizmdir”, deya javob qildi Aleksey Malashenko.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.