Putin Sisiga kalashnikov sovg’a qildi

0
563

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrga uyushtirgan safarida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga “Ak-47 Kalashnikov” rusumli qurol sovg’a qildi. Bu haqida prezident so’zchisi A’lo Yusuf bayonot berdi. Tahlilchilarning fikriga ko’ra, Putinning bu hadyasi Rossiya va Misr o’rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurol-yaroq bitimining bir ifodasidir.

Misr matbuoti Putinning Qohiraga qilgan safari davomida ikki davlat o’rtasidagi uch milliard dollarlik “Qurol-aslaha” bitimiga imzo chekilishi kutilayotganini ochiqladi. Misr matbuoti tarqatgan xabarga ko’ra, “Qurol-aslaha” bitimining moliyaviy tarafi Birlashgan arab amirligining zimmasiga tushadi.

Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi Rossiya prezidentining Misrga qilgan ziyorati terrorga (Islomga) qarshi kurashda Misr hukumatini dastaklash ekanligini qayd etdi

“Janob Putinning bunday bir sharoitda amalga oshirgan tashrifi terrorga qarshi jang olib borishimizga bizga yordam qo’lini cho’zishni ifodalaydi”, dedi Misr prezidenti.

As-Sisiyning ta’kidlashicha, Misr harbiylari terrorchilarga (musulmonlarga) qarshi kurashni kuchaytirayotgan bir paytda, Misr armiyasining salohiyatini kuchaytirish uchun Rossiya bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirish o’ta muhimdir.

Poytaxt Qohiradagi Qubba saroyida tashkil qilingan mushtarak matbuot anjumanida nutq so’zlagan as-Sisi Misr Hukumati Jeneva konferentsiyasiga muvofiq Suriya masalasining siyosiy echimini qo’llab quvvatlashini bildirdi. O’z navbatida Putin ham Suriya inqirozi uchun siyosiy echim izlayotganligini va bu mavzuda Suriya muxolifati bilan rejim o’rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilayotganligini aytib o’tdi.

Izohlar yo'q