Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 7 fevral kuni ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga bordi va shu kunning o’zida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Qirg’iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, norasmiy uchrashuv mobaynida davlat rahbarlari Qirg’iziston va Rossiya o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalari bo’yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Shuningdek, Almazbek Atambaev va Vladimir Putin ko’p qirrali qirg’iz-rus hamkorligini yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidlab o’tishgan.
Turkiston:
Taqriban may oylaridan Qirg’iziston YevroOsiyo iqtisodiy tashkilotining to’la qonli vakiliga aylanadi. Putin, qirg’izistonni tashqi muxitdan deyarli izolyatsiya qilib olish bilan, uni Rossiyaning sifatsiz maxsulotlariga bo’lgan muxtojliklarini oshirish maqsadini zimdan oshkor qildi. Putin yana, Qirg’izistonning tashqi tovar ayriboshlashining 27% foizini Rossiya bilan olib borayotganini, kelajakda bu ko’rsatkich yanada oshishiga urg’u berdi. Bu ko’rsatkichning yuqorilashi aniq. Lekin Rus maxsulotining bozor iqtisodiyotidagi sifatining ko’tarilishi oqibatidan manfaatli bo’lib qolishi bilan emas. Balki Qirg’iz fuqorolarini, tashqi aloqalaridan tiyib qo’yish orqasidan, ularning yashash darajalarini yanada tubanlashtirish bilan majburlash asosida bo’ladi.
Putin Qirg’izistonning Rossiya uchun strotegik axamiyati xaqida xam gapirib o’tdi. Bu Rossiyaning siyosiy bosimi bo’lib, Qirg’izistonning boshqa tomondagi manfaatlariga to’siq qo’yish maqsadi ko’zlangan.
Atambaev Putinga AQShning maqsadidan xavotirda ekanini aytadi. U AQSh Qirg’iziston elchisi qilib Richerd Maylzning saylanganidan xavotirda ekanini aytadi. Putin muammoning echimi faqat diniy oqimlarga qarshi xarakatni kuchaytirishda deb uqtirishga xarakat qiladi. Bu ularning uchrashuvidan keyingi, O’rta Osiyoda mashxum imom Roshod qori Kamolovni qamoqqa olish amaliyotidagi rus pocherkida ko’rindi.