Merkel va Olland Putin bilan uchrashdi

485
0

Rossiya prezidenti Vladimr Putin, Frantsiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya prezidenti Angela Merkel Ukraina mojarosini hal qilish uchun Kremlda uchrashdi. Uchrashuv besh soatdan uzoq davom etdi. Ular o’rtasida Ukraina sharqida yuz berayotgan notinchliklar masalasi muhokama qilinar ekan, hay’at a’zolari ishtirok etmadi.

Uchrashuv haqida bayonot bergan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Sergeevich Peskov Ukraina mojarosini hal qilishga doir mushtarak hujjat tayyorlanishini qayd etdi. Jurnalistlarga intervyu bergan Dmitriy Peskov bu borada ishlar davom etayotganligini ochiqladi.

“Hozirdada Minsk bitimi amalga oshirilishiga doir mushtarak hujjatning matnini tayyorlash uchun harakatlar davom etmoqda. Bu hujjat Ukraina prezidenti Viktor Poroshenkoning takliflarini va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bugungi takliflarini o’z ichiga oladi”, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

Ayni paytda AQSh hukumati Ukrainaga o’zini himoya qilish uchun yordam berishini aytmoqda. AQSh Vitse-prezidenti Jo Baydenning bildirishicha, AQSh Ukraina mojarosining tinch yo’l bilan hal qilinishini istaydi. Biroq zarur bo’lsa, AQSh Ukrainaga o’zini himoya qilishda ko’maklashadi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik haqida ko’p gapiradi. Ammo Ukrainaga tank, askar va qurollar yuborishda davom etmoqda”, dedi Jo Bayden Germaniyaning Myunxen shahrida o’tgan xavfsizlik anjumanida.

Frantsiya prezidenti Fransua Ollandning aytishicha, Frantsiya va Germaniya tarafidan olg’a surilayotgan tinchlik tashabbusi Ukraina mojarosini hal qilish uchun so’nggi imkoniyatdir. Unga ko’ra, Agar bu imkoniyat boy berilsa, o’rtada urush alanga oladi.

Germaniya kantsleri Angela Merkel Ukraina armiyasiga qurol-yarog’ etkazib berish taklifiga qarshi ekanini bildirar ekan, muzokaralardan biror naf kelishi haqida aniq bir narsa deyish qiyinligini ta’kidladi.

“Muzokaralar natija beradimi, yo’qmi, oldindan aytish qiyin. Lekin biz qo’ldan kelgan barcha chorani ko’ramiz deb ahd qilganmiz. Ukraina xalqi tinch hayot kechirishga haqli”, “Yevropa bo’linib ketishidan va qarama-qarshiliklar avj olishidan hech kim manfaatdor emas. Qit’a xavfsizligini Rossiya bilan hamkorlikda ta’minlash tarafdorimiz”, dedi Angela Merkel Myunxen anjumanida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.