Rossiyada bir necha Islomiy kitoblar ta’qiqlanishi ortidan Xalifalar tarixi haqida yozilgan kitoblar ta’qiqlana boshladi. Rosululloh S.A.V.ning birinchi Xalifasi bo’lgan Abu Bakr R.A.ning hayoti haqida yozilgan kitob Rossiya mahkamasi tarafidan chiqarilgan qarorga ko’ra ta’qiqlandi. Rossiyaning Kurgan shahar prokraturasi tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, shahar mahkamasi Ali Muhammad qalamiga mansub “Abu Bakr Sddiq Pervy pravedny Xalif” nomli kitob radikal qarashlarga ega deb topilganligi uchun ta’qiqlangan.
Mahkamaning mazkur qaroriga til mutaxassislarining bu kitob haqida bergan bahosi asosiy sabab qilib ko’rsatildi. Til mutaxassislari Abu Bakr R.A.ning hayoti haqida yozilgan kitobga “musulmon bo’lmaganlarga va tavhid tamoyillaridan uzoqlashgan musulmonlarga qarshi gina va adovatni o’z ichiga olgan”, deya baho berishdi.
“Sova” inson huquqlari tahliliy markazi mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu kitobning ta’qiqlanishi qonunga ziddir.
“Musulmonlar uchun o’z dinlarining tarixini yoritgan kitoblar yozishni ta’qiqlash mumkin emas. Bu kitoblarda tarixda yuzaga kelgan jang sahnalari ham o’rin olishi mumkin. Bir qancha janglar Islom va boshqa dinlar tarixida yuz bergan va bu janglar insonlarning zehnlariga o’rnashib qolgan”, deyiladi “Sova” tahliliy markazi tarafidan chiqarilgan bayonotda.
Markazga ko’ra, til mutaxassislari har qanday kitobni gina-adovat va nafratni o’z ichiga olganligi haqida baho bera olmaydi. Mahkamalar esa aniq jarayonlarni asos qilib, so’ngra qaror chiqarishlari lozimdir.
Turkiston:
Bir necha o’n yillardan buyon Hizb ut Tahrir nashra va bayonotlarida, kufr olamining haqiqiy basharasi haqida fikr tarqatib keladi. Unga ko’ra, kufr olami muayyan bir islomiy kuchlarga emas, balki butun Islom va Musulmonlar olamiga qarshi ekanliklari haqida aytiladi. U Islom saqofatiga, qadriyat va mafkurasiga qarshi. Islom saqofati, uning Aqidasi, tarixi, qonunchiligi va adabiyotlaridan tarkib topadi. Qadriyatlarimiz, Quronu Karim va uning barcha oyatlari, Payg’ambarimiz Muhammad SAV va u kishidan SAV kelgan barcha hadislari, u kishining sahobalari, Ka’batulloh, masjidu Nabaviy, va masjidul Aqso qabi Olloh tomonidan bizlarga muqaddaslash buyurilgan barcha muqoddasotlardir. Mafkuramiz esa, Islom Aqidasi va undan balqib chiqqan barcha muammolarimizning yagona echimi bo’lgan islomiy shar’iy hukmlardan iboratdir.
Shularning birortasini tahqirlash, ta’qiqlash yoki haqorat qilish, birorta islomiy tashkilotni emas, balki Islom diniga tajovvuj qilish hisoblanadi. Bundan tashqari Payg’ambarimiz SAVning “bir musulmonning nohaqdan qoni to’kilishi, Ka’batullohning vayron bo’lishidan yomonroq” degan mashhur hadisidan, har bir behuda to’kilayotgan go’daklar qoni, musulmonlarni tahqirlash emasmi.
Endi Rossiyaning Qur’onni, Hadislar to’plamlarini va nihoyat buyuk sahobalar tarihi haqidagi kitoblarni ta’qiqlab kelayotgani masalasiga kelsak. Bu Yevropada borayotgan Islom va Musulmonlarga qarshi harakatlardan uslubda vaqtincha farq qilib turibdi. Lekin asosda hech qanday farqi yo’q. Har bir kufr davlati, o’zidagi hozirgi sharoit va quvvatlaridan kelib chiqib, islomiy o’lkalardan keladigan manfaat yoki ziyonlarni hisobga olgan hollarida va ichki Musulmon fuqorolarining mavqe’lari va darajalarini o’lchagan hollarida, Islom va Musulmonlarga munosabatlarini har xil belgilashmoqda. Bu vaqtinchalik kelishuvlar bo’lib, yaqin kelajakda kufr har bir yurtda o’zining haqiqiy basharasini birin ketin ko’rsata boshlaydi. Frantsiyada boshlangan pravokatsion harakatlar fikrimizning dalili bo’la oladi. Ular kuchayib borayotgan iymoniy muhitni sindirib olish maqsadida Payg’ambarimizni haqoratlab, Musulmonlarni tajovvuz qilishga majburlashmoqda. Maqsadlari, Musulmonlarni tahqirlay boshlashlaridan avval o’z fuqorolari oldida, tayorlanayotgan barcha moddiy tajovvuzlarini oqlashga urinishdir. Xuddi AQShdagi 11 sentyabr voqe’asi singari.
Rossiya esa, G’arb olamidan farqli, tashqi Islom olamidan keladigan barcha manfaatlarini deyarli yo’qotib bo’ldi. Unda faqat ichki Musulmon fuqorolari muammosi qoldi xalos. Putin o’zining kichik kallasiga tayanib, Qodirov singari bir nechta xoin va manqurt xizmatkorlariga suyanib yuqoridagi tartibda, Islom va Musulmonlarga qarshi kurasha boshladi. Bu uning choralarini tugab borayotganidan va zaifligidan dalolat beradi.
Ularning shu kabi harakatlari, biz Musulmonlarni, nega biz ularning qadriyatlarini himoya qilishimiz lozim!? Nega biz ularning mafkuralari asosida yashashga majburmiz!? Nega bizlarning farzandlarimiz ularning saqofatlari asosida majburiy ta’lim jaroyonlarini o’tishlari kerak!? Deb jiddiy o’ylanmas ekanmiz, ular bizlarning qadriyatlarimizni toptayverishadi. Demak muammoning echimi, biz o’z qadriyatlarimiz, mafkura va saqofatimizni o’z o’rniga qaytarib, kufrnikini uloqtirib tashlash bilan amalga oshadi. Insha OLLOH.