2011 yilning martidan beri Qirg’iziston Bosh prokurori vazifasida ishlab kelayotgan Aida Salyanova kecha, 19 yanvar kuni iste’fo berdi.
Bosh prokuror Aida Salyanova 2014 yilning 23 dekabridan beri ta’tilda edi. Salyanovani ta’tilga chiqqani to’g’risidagi xabar uning iste’fosi haqidagi gap-so’zlarga sabab bo’lgan, biroq prezident Almazbek Atambaev Bosh prokuror tez orada ishga qaytishini aytgan va xatto ikkinchi darajali “Manas” ordeni bilan ham taqdirlagan edi.
Agar mamlakat parlamenti – Jo’korku Kenesh deputlarining kamida uchdan bir qismi Aida Salyanovaning iste’fosini ma’qullasa, prezident Bosh prokurorni lavozimidan ozod etish haqidagi farmonga imzo chekadi.