«Charlie Hebdo» jurnali bosh qarorgohiga hujum qilinib, 12 kishi halok bo’lishi ortidan axborot vositalari janjalga sabab bo’lgan karikatura rasmlarini, shu jumladan, Muhammad Rosululloh Ani tahqirlovchi rasmlarni qaytadan nashr qilamiz, deya e’lon qildi. Germaniyadagi anti-islomiylik shu darajaga etdiki, so’z erkinligini qo’llab, muzeylarga habibimiz Muhammad mustafo Ani masxaralovchi, tahqirlovchi barcha rasmlar ilib tashlandi! Bunga javoban «Exo Moskva» radiosi «Sen Charlie Hebdo jurnali xodimlari o’limiga raddiya sifatida Muhammad payg’ambar karikaturalarini qayta nashr qilinishiga qo’shilasanmi», degan savolni to’g’ridan-to’g’ri ovozga qo’ydi.
Darhaqiqat, G’arb Frantsiya jurnaliga qilingan hujumni o’z mabdasi va qadriyatlariga qilingan hujum deb hasobladi hamda Islomni o’zining birinchi raqamli dushmani deb bildi. Ammo G’arb Islom va uning aqidaviy ramzlariga qarshi masxaralash va tahqirlash eshiklarini birinchi bo’lib ochgan kim ekanini unutdi. Mana, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan «Biz terroristlarga demokratik qadriyatlarimiz va so’z erkinligimizni oyoq osti qilishlariga, tahqirlashlariga aslo yo’l qo’ymaymiz», deya bayonot berishdi. Frantsiya sobiq prezidenti Sarkozi bunday dedi: «Masala demokratiya yo respublika emas, masala madaniyat-hazoratdir, har bir fuqaromiz qanday yo’nalishda bo’lmasin, bunday zamonaviy inson dushmanlariga qarshi urushda birlashmoqlari lozim». Rus muxolafatchisi Mixail Xadarkovskiy bunday bayonot berdi: «Men aytaman, agar matbuot xodimlari o’zlarini hurmat qiluvchi insonlar bo’lishsa, Rosulni tahqirlovchi karikaturalarni qayta nashr qilishlari kerak». Bu bilan G’arb musulmonlardan «Yo diningizni va payg’ambaringizni parchalanishiga ko’nasiz – bu demokratiya qonunidir – yo sizga qarshi urush e’lon qilamiz», degan bo’ladi!
Biz o’z navbatimizda, Odam avlodining sayyidi va xalqlarning afzali Muhammad Aga qilingan aynan shu hujum nima bilan oqlanmasin, albatta vahshiylik ekanini ta’kidlaymiz. Shu bilan birga, biz o’sha matbuotchilarning o’ldirilishi muammoni hal qilmaydi, deb bilamiz, musulmonlar hurmati ehtirom etilishi shart, bunga hech qanday uzr yo bahona qabul qilinmaydi.
«Charlie Hebdo» haftalik jurnaliga kelsak, u madaniyatdan ham, his-tuyg’udan ham, siyosiy jur’atdan ham batamom uzoqda. Chunki bu jurnal qattiq moliyaviy krizisdan o’lar ahvolga tushib qolib, o’ttiz ming nusxadan ortiq sotilmay qolgandi, ana shunda ushbu karikaturani nashr qilishi bilan unga omad kulib boqdi, holbuki, o’zi omadga mutlaqo loyiq emasdi.
Shu erda 2008 yildagi bir voqeani eslaymiz. O’shanda ayni jurnal Frantsiya prezidenti Sarkozining o’g’li Janni masxaralovchi bir karikatura nashr qiladi va buning oqibatida axborot bo’hroni yuz beradi, karikatura qilgan jurnalist uzr so’rashdan bosh tortganda ishdan haydaladi. Ammo masala Rosululloh Aga borib taqalganda esa bu jurnalistlar huquqi hisoblanadi!! Xo’sh, G’arbning tunu kun og’iz ko’pirtirib maqtanayotgan so’z erkinligi qaerda qoldi?! Albatta, bularning hammasidan musulmonlarni o’z muqaddas narsalarining toptalishiga majburan rozi qilish, rozi bo’lmagan musulmonni esa ekstremist va terroristga chiqarish maqsad qilingan.
Demokratiyaning basharasi shu bo’lgach, qanday qilib G’arb manfaatlariga muvofiq ikkita standartni tarozida tortishyapti, bilmadik?! Shuning uchun ham o’ntadan ortiq kimsaning o’ldirish terroristlik va vahshiylik, ammo er yuzining hamma erida musulmonlarning yuz minglab ayollari, bolalari va qariyalarini qirg’in qilish esa ko’rib chiqish lozim bo’lgan masala emish!!! Bu kapitalistik tuzum o’zida hech qanday muqaddas narsasi yo’qligini, chirib sasib bo’lganini, insoniyat uchun vahshiy bir dushman ekanini isbotladi.
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com